Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Shohruh Gadoyev: «Ozarboyjonning ba’zi klublariga professionalizm yetishmaydi»

Shohruh Gadoyev: «Ozarboyjonning ba’zi klublariga professionalizm yetishmaydi»

Baho:
+ | -

O‘tgan mavsumda Ozarboyjonning «Keshlya» klubi faoliyat yuritib, yaqindagina klubni tark etgan azerisport.com muxbiri savoliga javob berdi.

— Hozirda nimalar bilan bandsiz?
— O‘zbekistondaman. Hozircha o‘zimga yangi klub topmadim.

— Nima uchun «Keshlya»ni tark etdingiz?
— Jarohat olganimizdan keyin murabbiy menga umuman imkoniyat bermadi. Har qanday futbolchi jarohat olishi mumkin. U men bilan ishlash niyati yo‘qligi ko‘rinib turgandi.

— Jamoani tark etishingiz uchun yagona sabab shumi?
— Maoshlar to‘lovi borasida kechikishlar bo‘ldi. Ba’zida ikki oy kutdik. Qolgan maoshimni O‘zbekistonga qaytganimdan keyin oldim.

— Klub sizdan qarzdor bo‘lib qoldimi?
— Yo‘q, klub menga barcha pulni berdi. Faqat kechikish bilan to‘ladi. Bu nafaqat menda, balki butun jamoada ro‘y berdi. Qolgan yigitlarga maoshlarni berishdimi yoki yo‘qmi, bilmayman.

— Ozarboyjonning boshqa jamoalaridan taklif tushdimi?
— Yo‘q, Ozarboyjonning boshqa jamoalaridan taklif tushmadi.

— Ozarboyjon premyer-ligasi haqida nima deya olasiz?
— Normal liga. Unda ko‘pgina yaxshi legionerlar to‘p tepadi. Shunchaki, Ozarboyjonning ba’zi klublariga professionalizm yetishmaydi. Maoshni o‘z vaqtida berishmaydi. Shuningdek, boshqa mayda jihatlar ham mavjud.

— Ozarboyjonga qaytish haqida o‘ylamayapsizmi?
— Agar yaxshi taklif tushsa, Ozarboyjonga qaytish haqida o‘ylab ko‘raman. Aks holda qaytmayman. Premyer-ligada bor-yo‘g‘i 8ta jamoa ishtirok etadi. Bu kam.

Manba: azerisport.com
Kiritildi: 22:32, 11.01.2021.
O'qildi: 2838 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.