Myunxenning «Bavariya» klubi futbolchisi Serj Gnabri Bundesliganing 14-turida «Mayns» (5:2) jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda olgan jarohatidan keyin, tiklanib mashg‘ulotlarga qaytdi.
Bild nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, 25 yoshli jamoaning kechagi mashg‘ulotlariga ishtirok etdi va Germaniya Kubogining 2-bosqichida «Xolshtayn» jamoasiga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.