«Atletiko»ning sobiq o‘yinchisi Diyego Kosta o‘ziga jamoa topa olmayapti.
U bilan kelishuvga erishishi kutilayotgan «Marsel» ham endi o‘z taklifini qaytarib oladigan bo‘ldi. Klub 32 yoshli ispaniyalikning yuqori maoshli talabini qondira olmasligini ma’lum qildi.
Diyego bungacha «Atletiko» safida yiliga 8 million yevro maosh olar edi.
Kostaga hozircha uning talablarini qondira oladigan yagona klub Saudiyaning «Al-Hilol» jamoasi bo‘lib turibdi. Shuningdek, unga Angliyaning «Vulverhempton» klubi ham qiziqish bildirgan edi.