Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

«Turon»: Jamoa tarixi, erishilgan yutuqlar va natijalar

«Turon»: Jamoa tarixi, erishilgan yutuqlar va natijalar

Baho:
+ | -

2017-yil 5-may sanasida tashkil etilgan «Turon» o‘sha mavsumning o‘zida «Navro‘z» kubogi musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 2018-yilda tajribali mutaxassis Bahrom Xakimov qo‘l ostida jamoa futbol bo‘yicha Farg‘ona viloyati birinchiligi 2-liga musobaqalarida chempion bo‘ldi.

«Turon» 2019-yilgi mavsumda Farg‘ona viloyati 2-ligasi g‘olibi sifatida O‘zPFL bayrog‘i ostidan tashkil etiladigan PRO-Liga (V guruhi) ishtirokchisiga aylandi.

Mavsum avvalida keyin Bahrom Xakimov, keyinroq Islombek Ismoilov qo‘l ostida jamoa mazkur ligada jami 28 ta o‘yin o‘tkazgan jamoa 19 ta g‘alaba, 5 durang, 4 mag‘lubiyat qayd etgan xolda 62 ochko bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi. To‘plar nisbati — 67-23, raqiblar darvozasi 67 bor ishg‘ol etilgan bo‘lsa, o‘z darvozasidan 23 ta to‘p o‘tkazib yuborilgan. O‘sha mavsumning o‘zida PRO-Liga o‘tish o‘yinlarida ham barcha raqiblarini mag‘lub etgan «Turon» g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Jamoa 2020-yilgi mavsumda PRO-Liga musobaqalarida ham munosib ishtirok etdi. Islombek Ismoilov boshqaruvidagi «Turon» jami 20 ta uchrashuvda maydonga tushgan «Turon» 11 g‘alaba, 5 durang, 4 mag‘lubiyat qayd etgani xolda 38 ochko jamg‘arib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Endilikda jamoa 2021-yilgi mavsumdan boshlab O‘zbekiston Superligasida ishtirok etadi.

Aytish joiz, klubning yosh hujumchisi Abdulazizxon Abdurashidov 2020-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, «PRO-Liganing eng yaxshi futbolchisi» deb topilgan bo‘lsa, «Turon» O‘zPFL tomonidan «Maxsus sovrin» nominasiyasi g‘olibi sifatida taqdirlandi.

«Turon» futbol klubi matbuot xizmati

Manba: fcturon.uz
Kiritildi: 07:41, 16.01.2021.
O'qildi: 2124 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик