Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Osiyo kubogi-2015 xotiralari: O‘zbekiston Saudiyani qanday mag‘lub etgan edi (videosharh)

Osiyo kubogi-2015 xotiralari: O‘zbekiston Saudiyani qanday mag‘lub etgan edi (videosharh)

Baho:
+ | -

Aynan ushbu kun (18 yanvar), 2015 yil Avstraliyada bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogida guruh bosqichining hal qiluvchi bahsida, Melburn shahrida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi  o‘yin o‘tkazgandik. Bizni faqat va faqat g‘alaba qoniqtirardi xolos. Aks holda... o‘ylash ham qo‘rqinchli edi.

Kechagidek yodimda: kiyinish xonasida hayajon, ruhiy bosim, qisqasi, asabiy holat hukmron edi. O‘yinga chiqishdan oldin bosh murabbiy notiqlarga xos baland va aniq ohangda shunday so‘zlarni aytgandi: “Yigitlar! Jangchilar! Bugun maydonga ustoz sifatida mening sha’nim uchun emas, mehnat ila topgan o‘zingizning sha’ningiz uchun ham emas, balki qayerda bo‘lmasin sizni bugun yuragini hovuchlab kuzatib turuvchi ota-onangiz sha’niyu ishonchi uchun, sizga oq fotiha bergan birinchi ustozingiz haqqi-hurmati uchun, Vatan sha’ni himoyasi uchun maydonga tushamiz! Ortga yo‘l yo‘q! Olg‘a yigitlar!"

Maydonga chiqqanimizda muxlislarimizning “Umri, no pobedi!” yozuvli banerini ko‘rgach yigitlar haqiqatdan ham ortga yo‘l yo‘qligini anglab yetishgandi.

Abror Pirriyev.
O‘zbekiston terma jamoasi shifokori

Osiyo kubogi-2015
O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni - 3:1
Gollar: S. Rashidov (2ʼ, 79ʼ), V. Shodiyev (71ʼ)
O‘zbekiston: I. Nesterov, A. Ismoilov, V. Denisov, SH. Mullajonov, SH. Muhammadiyev (A. Shorahmedov 86ʼ), A. Haydarov, O. Ahmedov, J. Hasanov, J. Iskanderov (V. Shodiyev 66ʼ), B. Nasimov, S. Rashidov (S. Tursunov 90ʼ)
Zaxira: E. Suyunov, Y. Krimes, S. Jeparov, I. Sergeev, L. To‘rayev, T. Kapadze, A. To‘rayev, F. Sayfiyev

Manba: https://t.me/abrorpirmuhammad
Kiritildi: 22:04, 18.01.2021.
O'qildi: 5381 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.