Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

O‘zPFL futbolchilarning tibbiy ko‘rigi masalasini tartibga soladi

O‘zPFL futbolchilarning tibbiy ko‘rigi masalasini tartibga soladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Klublarning tibbiy ko‘riklari masalasini tartibga solish yo‘lidamiz. Bungacha shu masalada monopollashgan tizim ishlab turgandi. Buning yaxshi taraflari bor ekanini inkor qilmaymiz va klublar uchun noqulay taraflarini ham e’tibordan chetda qoldira olmaymiz.

Birinchidan, bungacha futbolchilar qanday tekshiruvlardan o‘tishi kerakligi manfaatdor tashkilot tomonidan belgilab berilgan. Ya’ni, har bir futbolchining har bir tekshiruvi ma’lum narx evaziga amalga oshirilgach, manfaatdor tomon doim ularning sonini va narxini oshirishga harakat qiladi. Tibbiy komissiya esa klublar shifokorlari bilan fikr almashib, bu masalani tartibga keltiradi. Ya’ni, klublarga futbolchi o‘tishi shart bo‘lgan va tavsiya etilgan tekshiruvlar ro‘yxatini taqdim etadi. Bunda uzoq yillardan buyon termalarda ishlayotgan mutaxassislar bor. Ular yuzdan ortiq davlatlarda bo‘lib, boshqalarning tibbiy ko‘riklari masalasida tasavvurga ega.

Futbolchi o‘tishi shart bo‘lgan tekshiruvlar xulosasi onlayn platformaga yuklanmaguncha, futbolchiga lisenziya taqdim etilmaydi.

Ikkinchidan, monopollashgan tizim viloyat jamoalari uchun moliyaviy muammolar tug‘dirgan. Klub 70 ga yaqin futbolchini Toshkentga olib kelishi, ularning yashashi, ovqatlanishi, mashg‘uloti uchun chiqim qilishi, tekshiruv uchun navbatda turishi kabi muammolar qarshisidan chiqqan. Endi ular o‘z qarorgohlaridan turib tekshiruvdan o‘tishlari ham mumkin. Chunki klublar bilan ishlash masalasida klinikalar o‘rtasida raqobat yuzaga keladi va ular tabiiyki, klublarga yengillik yaratishga, servizni yaxshilashga, narxlarni pasaytirishga harakat qiladi. To‘la jihozlangan mashina bilan mobil xizmat ko‘rsatishga tayyorlar ham borki, ular klub lageriga qadar bora oladi. Komissiya bunda klinikalar uchun yo‘riqnoma ishlab chiqadi. Professional sportchidagi me’yorlar sport bilan shug‘ullanmaydigan kishilarnikidan farq qilishi inobatga olinadi.

Uchinchidan, onlayn platformaga yuklangan xulosalardan kelib chiqib, komissiyasi klubga yozma tavsiya beradi. Ammo futbolchining maydonga tushishi yoki tushmasligi masalasiga aralashmaydi. Buni klub bevosita hal qilishi lozim. Klub sport medisinasidan xabari bor malakali shifokor bilan hamkorlik qilish yo‘liga o‘tishi kerak. Musobaqalar o‘tkazish reglamentiga biz klub zaxira o‘rindig‘ida klub shifokori bo‘lishi shart degan o‘zgarish kirityapmiz. Chunki ayollar va yoshlar futbolida shifokorlar yetishmaydi. Bir necha yuz millionlik futbolchi uchun pul bor. Ammo yaxshi shifokorlar yo‘q, ularga tibbiyot zaruriyatlari sotib olishi uchun mablag‘ ajratmaydiganlar ham bor.  

Avval tibbiy xulosaga ko‘ra futbolchidan o‘ynash huquqi olib qo‘yilgan. Huquqni qaytarib olish yo‘lida noqonuniy yo‘llar ishga tushishi katta ehtimol. Endilikda komissiya o‘z xulosasini klubga yozma taqdim etsa va mas’uliyat klub shifokorining gardanida bo‘lsa, u futbolchining salomatligi yuzasidan tavakkal qilmaydi. Shifokor nuqsoni mavjud futbolchini o‘ynash uchun majburlayotgan murabbiy bilan ochiq fikrlasha olishi kerak.

Texnologiya borasida Toshkentdagi klinika bilan raqobatlashish qiyin, u juda zamonaviy jihozlangan. Masalan, termaga chaqirilgan futbolchilarni shu klinikada qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishi mumkin. Ammo klublarda savol bor: futbolchi tekshiruvdan allaqachon o‘tgan, ammo tekshiruv uchun pul to‘lab berilmagunicha, tibbiy xulosa bermaydigan tashkilot bilan ishlash qanchalik to‘g‘ri? Tibbiy xulosa mavsum avvalida klubga berilmasa, demak shifokor futbolchini mavsumgacha davolab ulgurmaydi. Demak birinchi o‘rinda sportchining sog‘ligi emas, uning orqasidan kelayotgan daromad klinikani qiziqtiradi degan tasavvur uyg‘onadi. Biz klublar salomatlikka ko‘proq urg‘u berishi, ortiqcha chiqimlardan holi bo‘lishi va kelajakda har bir klub o‘z lazaretiga asos solishidan manfaatdormiz.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 11:06, 20.01.2021.
O'qildi: 1788 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.