Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Zarruh Adashev UFC’dagi ikkinchi jangida ham mag‘lubiyatga uchradi

Zarruh Adashev UFC’dagi ikkinchi jangida ham mag‘lubiyatga uchradi

Baho:
+ | -

BAAdagi (Abu-Dabi) «Jangchilar oroli»da 20 yanvar, chorshanba kuni UFC Fight Island 8 musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekistonlik yakkakurashchi Zarruh Adashev (3-3) mazkur kechada UFC’dagi ikkinchi jangini o‘tkazdi. Unga xitoylik Su Mudaerji (14-4) raqib bo‘ldi.

Birinchi raund o‘rtacha tempda o‘tdi va xitoylik yakkakurashchi biroz faolligi tufayli raundni o‘z foydasiga hal qildi. Ikkinchi raundni o‘zbekistonlik sportchi yomon boshlamadi va vaziyatlarning birida raqibini muvozanatdan chiqarishga ham muvaffaq bo‘ldi. Biroq raundning ikkinchi yarmida Adashev bir nechta jiddiy zarbalarni o‘tkazib yubordi.

Uchinchi raundda Zarruh sezilarli daraja faollashdi va uni o‘z foydasiga hal qildi. Yakunda hakamlar bir ovozdan Su Mudaerjining g‘alabasini qayd etdi — (29:28, 29:28, 30:27).

Shu tariqa, Adashev promoushendagi ikkinchi jangida ham mag‘lubiyatga uchradi. Avvalroq Zarruh debyut jangida Tayson Nemga qarshi oktagonga chiqib, ilk raunddayoq nokautga uchragandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:12, 21.01.2021.
O'qildi: 3022 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик