Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche 2-1 Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal 2-1 Elche
08/03 19:00 Bolonya 1-2 Verona
08/03 19:00 Fiorentina 0-0 Parma
08/03 20:15 Xetafe 2-0 Betis
08/03 22:00 Jenoa 2-1 Roma
08/03 22:30 Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor

"Paxtakor" Dubayga jo‘nab ketdi

"Paxtakor" Dubayga jo‘nab ketdi

Baho:
+ | -

"Sherlar" xorij yig‘inini o‘tkazish uchun BAAning Dubay amirligiga yo‘l olishdi.

21 yanvardan 5 fevralga qadar BAAning Dubay amirligida yig‘in o‘tkazish rejalashtirilgan. Yig‘in davomida uchta nazorat bahsi tashkil etiladi. O‘yinlar Rossiyaning nomdor klublari "Zenit" va "Spartak", shuningdek, Latviyaning "Riga" jamoasiga qarshi o‘tkaziladi. Bellashuvlar mos ravishda 24 va 30 yanvar, 3 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. "Zenit" bilan bahs "Nad ash-SHeba", keyingi ikki uchrashuv esa "Jebel Ali" majmuasi maydonida o‘tkaziladi. O‘yinlar Toshkent vaqtida keltirilgan.

Yig‘in mobaynida jamoamiz Dubaydagi "Grand Xayatt" mehmonxonasida istiqomat qilishi mo‘ljallangan.

24 yanvar, 12:00, "Nad Ash-SHeba"
"Paxtakor" - "Zenit" (Sankt-Peterburg)

30 yanvar, 17:00, "Jebel Ali"
"Paxtakor" - "Spartak" (Moskva)

3 fevral, 17:00, "Jebel Ali"
"Paxtakor" - "Riga" (Latviya)

Yig‘inda ishtirok etadiganlar ro‘yxati:

Darvozabonlar - Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov, Aziz Isaqov.

Himoyachilar - Sherzod A’zamov, Hojiakbar Alijonov, Farruh Sayfiyev, Akram Komilov, Anzur Ismoilov, Marlen Chobanov, Shahzod Azmiddinov, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Yegor Krimes.

Yarim himoyachilar - Odil Hamrobekov, Vladimir Kozak, Sardor Sobirxo‘jayev, Dragan Cheran, Abror Ismoilov, Asad Sobirjonov, Diyor Xolmatov, Hojimat Erkinov, Humoyunmirzo Iminov, Ruslan Roziyev, Sherzod Temirov.

Hujumchilar - Eren Derdiyok, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, Ulug‘bek Hoshimov.

Murabbiylar shtabiga uzoq yillardan beri yurtimizda ishlab kelayotgan Mirko Yelichich kelib qo‘shilganini ta’kidlab o‘tamiz. U "Paxtakor"da faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.

Bosh murabbiy - Piter Xyuistra.
Murabbiylar - Gocha Tkebuchava,  Laslo Yambor, Mirko Yelichich, Anvar Rashidov.
Texnik direktor - Sobir Xodiyev.
Sport direktori - Ja’far Irismetov.
Shifokor - Umid Bahromov.
Massajchilar - Shavkat Yeryomin, Vitaliy Sizov.
Tasvirchi - Hojiakbar Sharapov.
Ilmiy xodimlar - Yuriy Siyanov, Sergey Malashtan.
Ma’murlar - Doston Tolibjonov, Shoyunus Shoqodirov.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 12:20, 21.01.2021.
O'qildi: 2730 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.