Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

Rus nashri Shomurodovni Miranchuk bilan solishtirdi

Rus nashri Shomurodovni Miranchuk bilan solishtirdi

Baho:
+1 | -

Stadion.uz Rossiyalik jurnalistlar e’tiborini tortgan Eldor Shomurodov haqida so‘nggi ma’lumotlarni taqdim etishda davom etadi.

Rossiyalik taniqli sport jurnalisti Daniyel Fabritnik A Seriyaga yo‘l olgan Aleksey Miranchuk va Eldor Shomurodvning Italiyadagi faoliyati borasida fikr bildirdi. O‘z maqolasida jurnalist futbolchilarning Apennin yarimorolida ikki hil futbol namoyish etayotganining sababi nimada ekanligini ma’lum qilishga uringan.

Moslashuv jarayoni ikki hil

RPLni tark etgan futbolchilar 3 oydan ortiq muddatdan beri yangi klublari ixtiyorida bo‘lib turishibdi. Ular deyarli bir vaqtda Italiyaga ko‘chib o‘tgan bo‘lsada, moslashuv jarayoni turlicha o‘tdi. Aleksey omadli debyutdan so‘ng, asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotib qo‘ydi. Boshqacharoq qilib aytganda, asosiy tarkibga «suqilib» kirishni uddalay olmadi. Eldor esa, aksincha, raqobatda katta qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi va jamoaning asosiy hujum quroliga aylandi. Xo‘sh, nima uchun bu yigitlarning yangi klublardagi taqdirlari turli ko‘rinish oldi?

Bunga bir nechta sabablar mavjud.

Birinchi sabab:

Mehnatkashlik! Bu omil borasida Miranchuk Eldorga bas kela olmaydi. Buni aytish biroz g‘alati, biroq rus futbolchilari mashg‘ulotlarda ter to‘kib mehnat qilishmaydi. Alekseyni «Loko»da dangasaligi uchun bir necha bor koyib berishgan. Eldor uning tamomila aksi. Har qanday mashg‘ulotdan qochmaydi, o‘rganishdan uyalmaydi. Maydondagi kurashlarda ham ular o‘rtasida farq kattalashib bormoqda. Eldor o‘z vaziyatining so‘nggi soniyalariga qadar kurashdan to‘xtamaydi. Pressing va jamoaviy hujumda katta masofani bosib o‘tadi. Miranchuk esa, kichik epizodlarda mag‘lub bo‘lmoqda. Shu bois, uning «Atalanta»dagi ilk oylari omadsiz o‘tyapti.

Ikkinchi sabab:

Jamoalar o‘rtasidagi farq! «Atalanta» so‘nggi mavsumlarda chempionatda yuqori o‘rinlarni ko‘zlamoqda. Shu bois, tarkibdagi futbolchilarning darajasi ham tobora ortib boryapti. Shu faktorni inobatga olsak, Alekseyning Eldor singari maydonda to‘p surish imkoni kamroq. «Jenoa» - elitada jon saqlab qolish maqsadida kurash olib borayotgan klub. Bu yerdagi ijrochilar ham «Atalanta»dagilarga nisbatan kuchsizroq. Gasperini Alekseyga omadli debyut uchrashuvidan so‘ng, o‘yin amaliyoti taqdim etdi. Afsuski, yarim himoyachi bundan unumli foydalana olmadi. Ayniqsa, «Bolonya»ga qarshi o‘yinda Miranchuk murabbiy e’tiborini yo‘qotib qo‘ydi. Eldor esa, autsayder jamoaning yetakchisiga aylandi. To‘g‘ri, klublar o‘rtasida farq katta ammo, RPLni tark etgan yigitlarning o‘z klublaridagi o‘rni ham turlicha ko‘rinish olib borayotgani rost.

Uchinchi sabab:

Yana bir muhim omilni unutmaslik lozim. Eldor «Rostov» safida uch yil to‘p surdi. U Italiyaga ko‘chib o‘tishidan avval legionerga aylanib bo‘lgan edi. Ota-ona va do‘stlardan uzoqda to‘p surish uning uchun yangilik emas. Aleksey esa, «Lokomotiv» akademiyasi tarbiyalanuvchisi. U faoliyati davomida Moskvadan boshqa yerda to‘p surmagan. O‘zi uchun «qulay zona» yaratib olgan Miranchukka A Seriyada oson bo‘lmayapti. Argentina va kolumbiyalik ko‘zlari yonib turgan futbolchilar maydonda jang qilishga urinmoqda. Eldor ham ular singari taqdir tomonidan berilgan imkoniyat uchun kurashyapti. Unda vatandan uzoqda bo‘lish borasida immunitet xosil bo‘lgan. Shu bois, moslashuv jarayoni bir muncha oson kechgan bo‘lishi mumkin.

Kelajak rejalari

Ayni damda, Aleksey «Atalanta» uchun zaxiradagi "joker"ga aylanib bo‘ldi. Eldor esa, «Jenoa»ning qutqaruvchi qahramoni timsolida gavdalanmoqda. Ularning klubdagi o‘rni turli, biroq bu yigitlar yakunda o‘z maqsadiga erishishi aniq. Shomurodovga uning Italiyadagi faoliyatida omad tilab qolaman. Miranchuk esa, sabr bilan o‘z vaqtini kutishi lozim. Hademay Gasperini unga ham imkoniyat berishi aniq. Asosiysi, o‘sha daqiqalar kelguniga qadar ruhiy tushkunlikka tushib qolmaslik lozim.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 19:58, 21.01.2021.
O'qildi: 10170 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.