Hujumchi Fernando Lyorente «Napoli»ni tark etishi mumkin.
35 yoshli ispaniyalik hujumchiga «Udineze» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. O‘z navbatida, futbolchining o‘zi ham ushbu variantni jiddiy o‘ylab ko‘rmoqda.
Bundan tashqari, Lyorenteni o‘z safida ko‘rish uchun «Atletik» va «Benevento» klublari ham tayyor turishibdi.
«Napoli» o‘z futbolchisi borasida transfer oynasi yopiladigan haftada qaror qabul qiladi.