Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

O‘FA futbol rivojiga hissa qo‘shayotganlarni taqdirladi

O‘FA futbol rivojiga hissa qo‘shayotganlarni taqdirladi

Baho:
+ | -2
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 2021 yildan boshlab yangi an’anani yo‘lga qo‘ymoqda.

O‘zbek futboli rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan, jahon arenalarida yurtimiz dovrug‘ini dunyoga taratayotgan hamda mamlakatimizda futbol ommaviyligini oshirishda muhim o‘rin tutgan futbolchi va mutaxassislar O‘FA prezidentining maxsus sovrinlari bilan taqdirlandi.

O‘FA majlislar zalida o‘tgan bugungi taqdirlash marosimida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi prezidenti Abdusalom Azizov, birinchi vise-prezident Ravshan Ermatov va bo‘linmalar rahbariyati ishtirok etdi.

Bu yil ushbu taqdirlash jarayoni birinchi bor yo‘lga qo‘yildi va unda 5 ta nominasiya joriy etildi.

O‘tgan mavsumda muxlislar va mutaxassislar e’tiborini qozongan, terma jamoalarimiz safida ishonchli o‘yin ko‘rsatgan Ibrohimxalil Yo‘ldoshev "Yil kashfiyoti" nomiga sazovor bo‘ldi. Sovrinni Ravshan Ermatov yosh futbolchimizning otasi Xabibullo Yo‘ldoshevga topshirdi.

O‘zbek futboli afsonasi Gennadiy Denisov “Milliy terma jamoa faxriysi” sovriniga munosib deb topildi.

Ham maydonda, ham uning tashqarisida barchaga o‘rnak bo‘ladigan, har bir terma jamoaning ramziga aylangan futbolchi Odil Ahmedov O‘zbekiston MTJdagi mardonavor harakati va fidoiyligi uchun "Milliy terma jamoa yuragi" sovrini bilan taqdirlandi.

Jizzax viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Ergash Saliyevning futbol ommaviylik darajasini oshirishdagi mehnatlariga munosib baho berildi. O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov Ergash Saliyevni “O‘zbek futboli rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun” sovrini bilan taqdirladi.

Italiyaning «Jenoa» klubi safida sermahsul va yuqori darajali o‘yin ko‘rsatib, o‘zbek futbolini jahonga yanada tanitayotgan Eldor Shomurodov asosiy nominasiya bo‘lmish “O‘zbek futbolining yorqin yulduzi” sovriniga loyiq deb topildi.

Mazkur sovrinni tajribali futbolchimizning otasi Azamat Shomurodov O‘FA rahbaridan qabul qilib oldi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 22:06, 23.01.2021.
O'qildi: 2473 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик