Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

«Barselona» «cho‘kib» bormoqda: klub qarzlari milliard yevrodan oshib ketdi

«Barselona» «cho‘kib» bormoqda: klub qarzlari milliard yevrodan oshib ketdi

Baho:
+ | -

«Barselona» klubi 2020 yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotni e’lon qildi.

E’lon qilingan hisobotga ko‘ra, klubning qarzi milliard yevrodan oshgan — 1,173 mlrd yevro. Ulardan 730 mln yevrosini "ko‘k-anorranglilar" yaqin muddatda to‘lab berishlari kerak.

Shuningdek, jamoa yilni 488,4 mln yevro miqdorida zarar bilan yakunladi. Qarzdorlikning 265 mln yevrosi kredit tashkilotlariga qaytarilishi kerak bo‘lgan summa hisoblansa, "Barsa"ning o‘z xodimlaridan qarzi 164 mln yevroga yetdi.

"Marca" tarqatgan xabarga ko‘ra, «Barsa» kredit bilan bog‘liq qarzlarni qaytarish muddatini kechiktirish bo‘yicha tashkilotlar bilan muzokara olib bormoqda. Klub buni kamida 2021 yilning 30 iyuniga qadar kechiktirmoqchi. Ba’zi kreditorlar bu taklifga rozi bo‘lishdi. Jamoa qolganlar bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Hisobotning e’tiborga molik yana bir jihati — "Barselona" 2021 yilda ishqibozlarning stadionga qaytishiga va ulardan keladigan daromaddan umid qilmoqda. Xususan, «Barsa» joriy mavsum oxiriga qadar tomoshabinlarnig tashrifidan 56 mln dollar daromad olmoqchi. Rejaga ko‘ra, fevral oyida stadionning 25 foizi miqdorida, may oyida esa 50 foizga ishqibozlar bilan to‘ldirish uchun ruxsat berilishiga umid qilmoqda.

Avvalroq «Zenit» klubi Malkomning transferi bo‘yicha «Barselona»ga 9,5 million yevro miqdorida pul to‘lamagani haqida ma’lumot tarqatilgan edi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 07:56, 26.01.2021.
O'qildi: 5874 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.