Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Sardor Eminov va Jasur Hasanov «Dinamo»ga o‘tdi

Sardor Eminov va Jasur Hasanov «Dinamo»ga o‘tdi

Baho:
+ | -

«Dinamo» jamoasi yangi mavsum oldidan o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini Muborakning «Mash’al» klubida o‘tkazgan Sardor Eminov bir yillik oraliqdan keyin «Dinamo» jamoasi mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Eminov 2020 yilda muborakliklar safida Superligada 12ta o‘yinda maydonga tushdi.

«Dinamo» klubi 33 yoshli yarimhimoyachi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Sardor 2019 yilda ham «Dinamo» safida 21 o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol va 6ta golli uzatmaga mualliflik qilgandi.

O‘tgan mavsumni Superligada «Buxoro» safida o‘tkazgan Jasur Hasanov 2021 yilgi mavsumda «Dinamo» safida to‘p suradigan bo‘ldi. 30 yoshli yarimhimoyachi Samarqand jamoasi bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzoladi.

Ma’lumot uchun, Jasur Hasanov faoliyati davomida «Buxoro», «Lokomotiv», «Neftchi» klublari sharafini himoya qilgan.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 16:48, 26.01.2021.
O'qildi: 3146 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик