Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Islombek Ismoilov: «Sinisha Babich ertadan mashg‘ulotlarga qo‘shiladi, ayrim futbolchilarimizda jarohat bor»

Islombek Ismoilov: «Sinisha Babich ertadan mashg‘ulotlarga qo‘shiladi, ayrim futbolchilarimizda jarohat bor»

Baho:
+ | -

— Islom aka, bugungi uchrashuv haqida fikrlaringiz…

— Bugungi raqibimiz «Bunyodkor» o‘z uslubiga ega, sifatli futbol namoyish etadigan jamoalardan biri sanaladi. Shuni inobatga olgan xolda bugun tarkibimizga bir oz o‘zgartirishlar kiritdik. Xususan kechagi uchrashuvda zahiradan o‘yinga qo‘shilgan va bir bo‘lim davomida harakat qilgan futbolchilarni maydonga tushirdik.

Bugungi bahsning birinchi bo‘limida «Bunyodkor» jamoasida ham imkoniyatlar yuzaga kelgan bo‘lsa ham, hisob bizning foydamizga hal bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda jamoa konsentrasiyani yo‘qotishi hisobiga ikkita to‘p o‘tkazib yubordik. Lekin ikkinchi bo‘limda vakillarimiz biz istagan o‘yin uslubini namoyish etdi deb ayta olaman. Shu o‘rinda aytish mumkin, bugun tarkibimizda bir qator yosh futbolchilar ham harakat qilishdi.

Jamoamiz tarkibi yangidan shakllantirilmoqda, futbolchilar to‘la bir-birlarini tushunib olishlari uchun bir oz vaqt kerak. Umuman olganda bugungi uchrashuvda yigitlarni harakatidan qoniqdim, bu o‘yin har ikki jamoa uchun foydali bo‘ldi.

— Raqib darvozasiga ikkita gol kiritilganidan so‘ng ham jamoa futbolchilarida ortga chekinish holatlari kuzatildi. Buni qanday izohlaysiz?

— To‘g‘ri, jamoa futbolchilarida mavsumlar oralig‘idagi charchoq bor. Bundan tashqari ayrim futbolchilar kechagi uchrashuvda ham maydonga tushishgan edi. Shu kabi xolatlarda baribir jismoniy jihatdan toliqish ko‘zga tashlanadi. Bu xolatga ayni shu omillar ta’sir qildi deb o‘ylayman. Lekin uchrashuvning ikkinchi bo‘limida butunlay boshqacha o‘yin namoyish etdik.

— Serbiyalik legioner Sinisha Babich qachondan safga qo‘shiladi?

— Jamoamizning yangi legioneri Sinisha Babich bilan bugun kelishuvga erishdik. Nasib bo‘lsa hujumkor yarim himoyachi ertadan boshlab biz bilan mashg‘ulotlarga kirishadi.

— Jamoa tarkibida bir qator futbolchilar maydonga tushmayapti. Jumladan legioner futbolchi Umarjon Sharipov, to‘purar futbolchilardan biri Doniyor Ismoilovlar…

— To‘g‘ri hozir ayrim futbolchilarimizda jarohat bor. Xususan Tojikiston chempionatidan jamoamiz tarkibiga jalb etilgan Umarjon Sharipov, shuningdek, Abduqahhor Hojiakbarov, Jasur Xakimov, Fozil Musayev, G‘iyos Komilovlar kichik jarohatlar tufayli maydonga tusha olishmayapti. To‘purar futbolchilarimizdan biri Doniyor Ismoilov kuni kecha farzandli bo‘lgan, shu sababdan unga ma’lum bir muddat uyga javob berganmiz, u ertadan jamoamiz yig‘iniga kelib qo‘shiladi. Fursatdan foydalanib Doniyor Ismoilovni jamoamiz a’zolari va muxlislari nomidan tabriklaymiz.

Bekzod Tolibov yozib oldi.

Manba: fcturon.uz
Kiritildi: 10:34, 27.01.2021.
O'qildi: 2235 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.