Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Jaloliddin Masharipov Aziz G‘aniyev jamoasiga o‘tadigan bo‘ldi

Jaloliddin Masharipov Aziz G‘aniyev jamoasiga o‘tadigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonining "An-Nassr" klubiga o‘tishi kutilayotgan Jaloliddin Masharipov faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda kooora.com'ga asoslanib xabar tarqatdi Stadion.uz nashri.

Chunki ar-riyodliklarga yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tegishli ruxsatni ololmadi. "Nassr" jarohat olib mavsum oxiriga qadar safdan chiqqan janubiy koreyalik Kim Jin Suning o‘rniga Masharipovni qo‘shib olishga harakat qildi. Ammo Saudiya Arabistoni Sport vazirligi ar-riyodliklarga bunga ijozat bermadi.

"Rahbariyat Kim Jin Suning o‘rniga Jaloliddin Masharipovni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun jiddiy harakat qildi. Buning uchun barcha hujjatlar taqdim etildi. Ammo yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ruxsatni qo‘lga kirita olmadik.

Masharipov bo‘yicha Arab mamlakatlari va Fors ko‘rfazi klublaridan ko‘p takliflar oldik. Jamoani inqirozdan olib chiqib ketish uchun yechim topishga harakat qildik.

Biz BAAning "Shabab al-Ahli" klubi bilan kelishuvga erishdik. Masharipov mavsum oxiriga qadar ijara asosida Amirlik klubida o‘ynaydi", — dedi "An-Nassr"dagi manba.

Eslatib o‘tamiz, "Shabab al-Ahli" o‘zbekistonlik yarim himoyachi Azizjon G‘aniyev faoliyat olib boradi. Dubayliklar joriy mavsumda 13ta o‘yindan keyin 19 ochko bilan jadvalda 7-pog‘onani egallab turishibdi.

Kiritildi: 21:32, 29.01.2021.
O'qildi: 5581 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.