Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Jaloliddin Jumaboyev: «Lokomotiv»da har doim raqobat kuchli bo‘lgan»

Jaloliddin Jumaboyev: «Lokomotiv»da har doim raqobat kuchli bo‘lgan»

Baho:
+ | -

O‘tgan yildan beri «Loko» asosiy tarkibida o‘ynab kelayotgan Jumaboyev o‘z intervyusida Turkiya yig‘ini, yangi murabbiy va jamoadagi raqobat haqida to‘xtaldi.

Xorij yig‘ini haqida

- Turkiyaga kelganimizdan beri har bir mashg‘ulot yaxshi va qiziqarli o‘tyapti. Mashg‘ulot paytida ko‘proq o‘yin va taktika bilan bog‘liq mashqlarni bajaryapmiz. Yig‘in jamoadagi hammaga yoqyapti deb o‘ylayman. O‘z navbatida jismoniy tayyorgarlikka ham katta e’tibor qaratyapmiz.

Yangi murabbiy haqida

- Portugaliyalik murabbiy Mikael Sekeyra qo‘l ostida ko‘p narsalarni o‘rganyapmiz. Mashg‘ulotlarda uncha qiynalayotganimiz yo‘q. Murabbiy nima desa shuni bajarishga harakat qilyapmiz. Mashg‘ulotda bajarilayotgan mashqlar juda foydali ekanini ko‘ryapmiz.

«Desna» bilan kechgan o‘rtoqlik uchrashuvi haqida

- Bu bizning Turkiyadagi birinchi o‘yinimiz bo‘ldi. Uchrashuv o‘ziga yarasha og‘ir, shu bilan birga qiziq kechdi. Ko‘plab hujumlar uyushtirdik, ammo to‘p kirita olmadik. Bizda yangi jamoa shakllanyapti, shu bois murabbiyning taktikasiga moslashib ketish uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi.

Jamoadagi raqobat haqida

- «Lokomotiv»da har doim raqobat kuchli bo‘lgan. Hozir himoya chizig‘imizda ham raqobat kuchli. Mana, «Bunyodkor»dan Islom Qobilov keldi, ispaniyalik legioner Diyego Bardanka jamoamizga qo‘shildi. Men ham bor kuchim bilan ishlab asosiy tarkibdan o‘rin egallashga harakat qilaman.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 19:13, 03.02.2021.
O'qildi: 1747 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.