Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv

Mourinyo Beyl haqida savol bergan jurnalist qizni jerkib berdi

Mourinyo Beyl haqida savol bergan jurnalist qizni jerkib berdi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Chelsi»ga qarshi o‘yindan (0:1) keyin OAV vakillari bilan keskin ohangda gaplashdi.

Jurnalist qiz Elison Bender tvitter orqali quyidagicha xabar tarqatdi: «Men Jozedan nima uchun Beylni maydonga tushirmaganini so‘radim. U esa: «Yaxshi savol, ammo sen javobga munosib emassan», deya javob qaytardi».

Portugaliyalik mutaxassis Beyl haqidagi yana bir savolga quyidagicha javob berdi:

«Men bor kuchim bilan harakat qilyapman. U bor kuchi bilan harakat qilyapti. Biz bor kuchimiz bilan harakat qilyapmiz», — dedi Mourinyo.

«Tottenxem» 31 yoshli Beylni sentyabr oyida «Real»dan bir yilga ijaraga olgan edi. "Chelsi"ga qarshi o‘yinda u zaxirada qoldi. Uelslik futbolchi joriy mavsumda «shporlar» safida APL doirasida 6ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 10:39, 05.02.2021.
O'qildi: 7100 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик