Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Superliganing 6ta klubiga nisbatan legioner futbolchilar va xorijlik mutaxassislarni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqi qo‘yildi

Superliganing 6ta klubiga nisbatan legioner futbolchilar va xorijlik mutaxassislarni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqi qo‘yildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga 2021-yil 4-fevral kuni O‘zbekiston Professional futbol ligasidan ayrim futbol klublari tomonidan 2019-2020 yilgi mavsumlarda legioner futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun to‘lov to‘lanmagani, ushbu masalani O'FAning tegishli qo‘mitasida ko‘rib chiqilishi bo‘yicha murojaat xati kelib tushgan edi.   

Mazkur masala Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitaning 2021-yil 5-fevral  kunidagi yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.

Qo‘mita yig‘ilishida taqdim etilgan xujjatlar asosida O‘zbekiston professional futbol klublari uchun “2020 yilgi Musobaqalarni o‘tkazish reglamenti”ning 6.27-bandiga muvofiq, legioner futbolchi xizmatidan foydalanayotgan klub yilda bir marta legioner futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun to‘lov amalga oshirishi belgilangani, mazkur reglamentning 6.28-bandida legioner futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov amalga oshirilmagunicha, legioner futbolchi ro‘yxatdan o‘tkazilmasligi qayd qilingani, og‘ir kelgan 2020-yilgi mavsumda ayrim futbol klublariga istisno tariqasida to‘lovlarni kechiktirib to‘lash uchun O‘zPFL tomonidan ruxsat berilgani, o‘tgan davr mobaynida oltita futbol klublariga legioner futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha bir necha marotaba yozma va og‘zaki ogoxlantirish berilganiga qaramasdan, ushbu to‘lovlar to‘liq to‘lanmasdan kelinayotgani aniqlandi.

Qo‘mita a’zolari o‘zaro muhokamalardan so‘ng 2019-2020 yilgi mavsumlarda legioner futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan to‘lovni amalga oshirmagani uchun “Nasaf”, “So‘g‘diyona”, “Bunyodkor”, “Surxon”, “Qo‘qon-1912”, “Oqtepa” futbol klublariga 2021-yilgi mavsum uchun legioner futbolchilar va xorijlik mutaxassislarni ro‘yxatdan o‘tkazishga taqiq qo‘yish bo'yicha yakuniy qaror qabul qilindi.

Bunda futbol klubi tomonidan legioner futbolchi hamda xorijlik mutaxassislarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha vujudga kelgan qarzdorlik to‘liq bartaraf etilgan taqdirda 2021-yilgi mavsumda legionerlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga qo‘yilgan taqiq olib tashlanishi belgilab qo'yildi.

Shuningdek, “Futbolchilar maqomi va transferi bo‘yicha reglament” qoidalaridan kelib chiqib, legioner futbolchi yoki xorijlik mutaxassis bilan 5-fevral sanasigacha 1 oy muddat ichida imzolangan mehnat shartnomalari O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkaziladi, biroq qarzdorlik bartaraf etilmaguncha, mazkur futbolchi yoki xorijlik mutaxassisning musobaqada ishtirok etishi uchun litsenziya taqdim etilmaydi.

Bunda legioner futbolchi yoki xorijlik mutaxassis bilan 5-fevral sanasigacha bo‘lgan 1 oy muddat ichida imzolangan mehnat shartnomalari borasida har qanday noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etish jiddiy sanktsiyalarga olib kelishi muqarrarligi to‘g‘risida futbol klublari rasman ogohlantirildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 14:12, 06.02.2021.
O'qildi: 4821 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.