Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 0-0 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 0-0 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

Sinisha Babich: «Turon»da meni iliq kutib olishdi»

Sinisha Babich: «Turon»da meni iliq kutib olishdi»

Baho:
+ | -

Ko‘pchilik muxlislarning talab va istaklarini inobatga olgan xolda "Turon"ning serbiyalik legioneri Sinisha Babich bilan bilan intervyu tashkil etdik. Quyida mazkur intervyuning to‘liq matni bilan tanishishingiz mumkin.

— Sinisha, aytingchi "Turon" safiga kelib qo‘shilishingiz jarayoni qanday yuz berdi?
— Bilasizmi, men Serbiya chempionatida ko‘p yillar o‘ynadim. Shuningdek, bir mavsum Gresiyada ham o‘zimni sinab ko‘rdim. Agentim menga qo‘ng‘iroq qilib Osiyodan o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yib kelayotgan yosh jamoadan taklif borligini aytdi. O‘zbekiston chempionatida ko‘p do‘stlarim bor. Shu sababdan ikkilanishsiz ushbu taklifni qabul qildim. "Turon"ning darajasi juda yuqori ekan. Klubga kelganimdan so‘ng men uchun faoliyatimdagi yangi burilish bo‘lishi mumkinligini anglab yetdim.

— O‘zbekiston sizda qanday taasurot qoldirdi?
— Sizning davlatingiz O‘zbekistonda insonlar juda ham mehmondo‘st va  mehribonligini ko‘rdim. Bundan tashqari taomlaringiz ham juda mazali ekan. "Turon"da meni juda iliq kutib olishdi. Menga bo‘lgan munosabat va yaratib berilayotgan sharoit a’lo darajada. Bizni oldinda juda zo‘r mavsum kutib turganiga shubha yo‘q. O‘zbekiston chempionatida ko‘p yillar qolishimga umid qilaman.

Bilasizmi, yurtingiz menga yoqqanligi tufayli bu yerga oilamni ham olib kelmoqchiman. O‘ylaymanki,  O‘zbekiston ularga ham albatta yoqadi.

— Sizning futboldagi kumiringiz (sevimli futbolchisi) kim bo‘lgan?
— Shubhasiz Ronaldinyo. Uning to‘p bilan qanday muomala qilishini bolaligimdan kuzatib boraman. Hozir ham bo‘sh vaqtimda u ishtirok etgan o‘yinlar videotasmalarini ko‘rib turaman. Bilasizmi, hamisha uning yuzida tabassum bor va zavqlanib futbol o‘ynaydi. Ronaldinyo maydonda bor bo‘lganida futbol yanada jozibali ko‘rinadi. Men aynan u bilan bir xil pozisiyada harakatlanib o‘rganganman. Faoliyatim davomida unga o‘xshashga, undan o‘rganishga harakat qildim, nasib bo‘lsa bundan keyin ham shunday bo‘ladi. Bilaman, bu juda qiyin, chunki Ronaldinyu futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri. Men uchun u hamisha birinchi raqamli bo‘lib qoladi.

— O‘zbek futbolining Yevropa chempionatlaridan qanday farqini sezdingiz?
— Yurtingizga kelganimga hali ko‘p bo‘lmadi. Lekin bu yerda futbolchilar to‘p bilan juda yaxshi muomala qilishlarini ko‘rdim. O‘zbekistonlik futbolchilar maydonda ko‘p yugurishar ekan. Yevropacha futbol ko‘proq taktik uslublarga asoslangan. Bu yerdagi futbolning o‘ziga yarasha jozibasi bor, futbolchilar gol kiritish uchun qattiq mehnat qilishar ekan. Umid qilaman, "Turon" oldindagi mavsumni juda yaxshi o‘tkazadi. Imkon qadar raqiblar darvozasiga ko‘proq gol kiritib muxlislarni xursand qilmoqchimiz.

"Turon" futbol klubi matbuot xizmati

Manba: fcturon.uz
Kiritildi: 22:53, 06.02.2021.
O'qildi: 1954 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик