Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma 1-1 Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

«Navbahor» Turkiyadagi ilk bahsda imkoniyat boy berdi

«Navbahor» Turkiyadagi ilk bahsda imkoniyat boy berdi

Baho:
+ | -

Ayni paytda o‘z o‘quv – mashg‘ulot yig‘inini Turkiyada olib borayotgan “Navbahor” mazkur mamlakatdagi yig‘in doirasidagi ilk o‘rtoqlik bahsini 6 fevral kuni Qozog‘iston Premyer-ligasi vakili “Ordabasi” (Chimkent) jamoasiga qarshi olib bordi.

Belek shahrida bo‘lib o‘tgan mazkur o‘yinda “lochinlar” ustozi No‘’mon Hasanov maydonga quyidagi futbolchilarni tushirdi:

O‘tkir Yusupov, Azimjon Ahmedov, Mirzohid G‘ofurov, Davron Hoshimov, Igor Golban, Ivan Solovyov, Islom Isoqjonov, Marko Putinkanin, Bahrom Abdurahimov, Quvondiq Ro‘ziyev, Zabihillo O‘rinboyev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Nikola Tasich, Abbos G‘ulomov, Sherzod G‘ulomjonov, Farhod Mirahmatov, Sardor Telyakov, Shahzod Hamidov, Ilhom Aliboyev, Husayn Ergashboyev.

Keskin kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvning 1-bo‘limida chimkentliklar Mirzad Mexanovichning golidan so‘ng, hisobni ochib, tanaffusga 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limda “Ordabasi” a’zosi Sergey Xijnichenko  jamoasining navbatdagi hujumini samarali tarzda yakunlab, hisobdagi farqni oshirdi – 2:0.

Shundan so‘ng, o‘yinda burilish yasash maqsadida, jamoamiz a’zolari hujum sur’atini oshirishdi. Bu esa navbatdagi hujum paytida o‘z samarasini berib, chimkentliklar o‘z jarima maydonchalari ichida o‘yin qoidasini buzishdi.

Natijada uchrashuv bosh hakami “Ordabasi” darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi belgiladi. Penaltini zaxiradan maydonga tushirilgan Sardor Telyakov aniq amalga oshirib, hisobdagi farqni qisqartirdi – 2:1.

“Lochinlar” o‘yin so‘nggiga qadar, muvozanatni tiklashga harakat qilishdi. Ammo hujumlar o‘z yakuniga yetmadi. Natijada mazkur uchrashuvda chimkentliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Ta’kidlash joizki, ushbu bahsda "Navbahor" murabbiylari futbolchilarning jismoniy holatlarini sinovdan o‘tkazib olishdi.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 09:52, 07.02.2021.
O'qildi: 2345 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик