Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

«Lokomotiv»ning Maksim Shatskix ishlayotgan jamoa bilan o‘yini o‘tkazilmadi

«Lokomotiv»ning Maksim Shatskix ishlayotgan jamoa bilan o‘yini o‘tkazilmadi

Baho:
+ | -

Bugun, 10 fevral kuni «Lokomotiv» Turkiya yig‘ini doirasida oxirgi uchrashuvini o‘tkazishi lozim edi. Bu o‘yin Rossiya premyer-ligasi vakili «Rotor» bilan rejalashtirib qo‘yilgandi.

O‘yin bo‘lib o‘tishi borasida garchi har ikki jamoa o‘zaro kelishib olgan bo‘lsada, «Rotor» o‘yin yaqinlashgan sari ishni paysalga solaverdi.

«Lokomotiv» PFK ularga o‘yinni Sideda o‘tkazish taklifi bilan chiqdi, chunki biz istiqomat qilayotgan joyda yaxshi stadion bor va sharoitlari ham a’lo darajada. Ular esa o‘zlari istiqomat qilayotgan mehmonxona yaqinidagi maydonda o‘ynashni afzal ko‘rishdi.

O‘yin vaqtini belgilash ham oson bo‘lmadi. Biz uchun o‘yinni 11:00 yoki tushdan keyin 16:00da boshlash qoniqtirardi. Ular esa 13:00da boshlaymiz, deb turib olishdi. Yakunda tomonlar bir to‘xtamga kelib, uchrashuv soat 11:00da start olishiga kelishib olishdi.

Natijada bugun ertalab 8:45da mehmonxonadan o‘yin bo‘lib o‘tishi lozim bo‘lgan "Kaya Palazzo" stadioni tomon avtobusda yo‘l oldik.

Salkam bir soatga yaqin (70 km.) yo‘l bosib, belgilangan joyga yetib bordik va ne ko‘z bilan ko‘raylikki, u yerda stadiondan asar ham yo‘q edi. Faqat uchta mashg‘ulot o‘tkazish maydonchasi bor ekan, xolos.

Jamoa o‘yinga borganda birinchi navbatda nima kerak bo‘ladi? Albatta, kiyim almashtirish xonasi. Axir ko‘chada hammaning ko‘z o‘ngida yechinib kiyinmaysiz-ku. Lekin biz borgan «stadion»da na kiyim almashtirish xonasi bor, na tribuna va na boshqa sharoitlar. O‘yindan keyin yuvinib olish ham kerak. Raqib futbolchilariga maza, ular besh daqiqada o‘z xonalariga yetib olishadi, lekin biz-chi? Qolaversa, mezbon jamoadan kimdir kutib olmadi ham.



Soat 10:30 bo‘ldi. Shu payt «Rotor» futbolchilari birin-ketin mehmonxonadan chiqib kela boshlashdi. Ular turgan mehmonxona maydongacha besh daqiqalik yo‘l. «Lokomotiv» bosh murabbiyi Mikael Sekeyra "Biz havaskor klub emasmiz va bunday sharoiti yo‘q maydonda o‘ynay olmaymiz, 10 daqiqa vaqt bor, yo boshqa stadion topamiz yoki o‘yin bo‘lmaydi", deb dangal gapirdi. «Rotor»da ishlayotgan yordamchi murabbiy Maksim Shatskix jamoamiz oldiga kelib, vaziyatni tushuntirishga urindi, biroq bari befoyda.

O‘ng tomonda yana bitta maydon bor ekan, har holda biroz sharoiti yaxshiroq. Sharoiti yaxshiroq deganda maydon cheti atrofni o‘rab turgan sim to‘siqdan biroz uzoqroq, biz o‘yin o‘tkazmoqchi bo‘lgan maydonda esa to‘siq maydon chizig‘iga juda yaqin edi va qanot hakamiga yugurishga joy yo‘q. Ha, aytgancha zaxiradagilar o‘tiray desa o‘rindiq ham, chigalyozdi mashqlar uchun alohida joy ham yo‘q. Yonimizdagi maydonda «Ufa» klubining mashg‘uloti belgilangan ekan, shu bois u yerda ham o‘ynab bo‘lmasdi.

Baribir hech narsa o‘xshamadi va yana avtobusga o‘tirib ortga qaytdik. Eslatib o‘tamiz, 28 yanvardan Turkiya yig‘iniga kirishgan «Lokomotiv» 12 fevral kuni Toshkentga qaytib ketadi. Ertaga oldinda bir kunimiz bor, qaysidir jamoa bilan o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘ladimi, murabbiylar hozir shuni hal qilishmoqda.

Yangilik bo‘lishi bilan albatta yetkazamiz.

«Lokomotiv» PFK matbuot xizmati.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 14:55, 10.02.2021.
O'qildi: 3763 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.