Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Neymar dunyodagi eng yaxshi penalti ijrochisi(mi?)

Neymar dunyodagi eng yaxshi penalti ijrochisi(mi?)

Baho:
+1 | -

Neymar 2015/16 yilgi mavsumda "Barselona"da to‘p tepib yurgan paytlarida ketma-ket uch marta 11 penaltidan gol ura olmadi. Shundan so‘ng, ko‘pchilik muxlislar penalti tepishni braziliyalik futbolchiga bermaslik kerak degan fikrga kelishgandi. Ammo, hamma narsa vaqt talab qilganidek, Neymar ham biroz muddatdan so‘ng, «PSJ» jamoasiga ko‘chib o‘tgandan keyin, penaltidan zarba berishda ko‘pgina futbolchilarga dars berib qo‘yishni uddaladi. Hozir shu haqida biroz fikr yuritamiz.

Braziliyalik charm to‘p ustasi «PSJ»ga o‘tganidan keyin penalti ijro etishni yangicha darajaga ko‘tardi. Liga-1 musobaqasida 11 metrli zarbalarni yaxshi qaytara oladigan ko‘plab darvozabonlar bor. Bular Benua Kostil, Mayk Menyan va Stefan Ruffe, ammo mazkur darvozabonlarning barchasi Neymarning qoyilmaqom tarzda ijro etgan zarbasi oldi-da ojiz qolishgan. Fransiya chempionatida 3,5 mavsumdan beri to‘p tepayotgan Neymar penaltini golga aylantirishda deyarli adashmagan. U penaltidan 17 marta zarba berib, 16tasini golga aylantirgan. Bir marta noto‘g‘ri ijro etilgan penaltida ham, braziliyalik futbolchi darvozabonni aldashni uddalagan edi, ammo tepgan to‘pi darvoza ustuniga borib tekkan. Penaltini aniq amalga oshirish bo‘yicha keyingi o‘rinlarda Serxio Ramos (16 zarbadan, 15 ta aniq) va Andrey Kramarich (15 zarbadan, 14 ta aniq) joy olishgan. Qolgan futbolchilarda 1 martadan ko‘p xatoga yo‘l qo‘yishgan, masalan Ronaldu va Messi zarba yo‘llashda 4 martadan noaniq zarba yo‘llagan.

Neymar penaltini har doim bir xil tarzda tepadi. Braziliyalik hech qachon kuchli zarba yo‘llamaydi, shunchaki darvozabonni bir nechta harakatlar bilan chalg‘itib, sekingina penaltini ijro etadi. U to‘pga yaqinlashayotgan paytda tezligini biroz pasaytirib, qadamlarini sekin tashlab, to‘p yoniga kelganda, bir marta to‘xtab oladi va darvozaga zarba yo‘llaydi. Bu paytda darvozabon qaysi tomonga otilishini sezdirib qo‘yadi, ya’ni gavdasini qaysidir oyog‘iga tashlaydi va shu tomonga tashlanadi. Neymar esa qarama-qarshi tomonga qarab zarba yo‘llaydi.



Mazkur suratda ko‘rinib turganidek, Neymar berishdan oldin bir nechta chalg‘ituvchi harakatlarni ijro etdi, lekin u hamon ko‘zlarini darvozadan uzganicha yo‘q.


Ikkinchi suratda esa, to‘p yoniga yaqinlashib keldi va tezligini biroz pasaytirdi. Bu paytda darvozabon gavda og‘irligini chap oyog‘iga tashladi.

Shundan so‘ng, Neymar zarbani qarama-qarshi tomonga qarab ijro etgan.

Penaltini ushbu tarzda ijro etish qanchalik to‘g‘ri va futbol qoidalariga to‘g‘ri keladi?

Fransiya chempionatining sobiq hakami Said Engimining aytishicha: "Penaltini bu tarzda ijro etish mumkin, faqat bir holatda zarba hisobga olinmaydi, ya’ni to‘p yoniga kelib, bir necha soniya davomida pauza saqlash. Bu holat FIFA tomonidan taqiqlangan".

Darvoqe, ushbu qoida Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federasiyasi tomonidan 2010-yilda joriy etilgan va bu qoida aynan Neymar sabab imzolangan... Neymar "Santos" safida to‘p tepib yurgan paytida, penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Jarima tepish paytida to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvozabonning ustidan kuldi, ya’ni to‘p qarshisiga katta tezlikda kelib, darvozabon chap tomonga otilganidan so‘ng, zarba yo‘llagan. Braziliyada bu tarzda penalti tepishni "paradinya" deb atashadi. Neymar mazkur harakatdan foydalanishda oshirib yuborgandan so‘ng, "paradinya"lar FIFA tomonidan taqiqlandi.

Yaqinda "Canal+" Neymarning "paradinya" uslubidan foydalanmay tepgan penaltilarining 84 foizi aniq chiqayotganini hisoblab chiqishdi. Mana uning zarbalari xaritasi:



Fransiyalik sobiq darvozaboni Mikayel Landro Neymarning penalti ijro etish uslubi haqida quyidagi fikrlarni aydi:

"U zarba berish davomida darvozabonning hamma harakatlarini ko‘radi, so‘ng qaysi tomonga tepish haqida qaror qabul qiladi. Neymar zarba berish jarayonida kichik-kichik qadamlar bilan to‘p yoniga keladi. Bu paytda darvozabon qaysi tomonga tashlanishi haqida sezdirib qo‘yadi va braziliyalik gol uradi".

O‘tgan hafta Neymar "Loryan" darvozasiga ikkita penaltini amalga oshirdi va ikkisini ham ijobiy tomonga hal qildi. Ikki penaltini ham Landro aytgani kabi amalga oshirgan edi.

Neymarning penalti tepish texnikasi "Real Madrid" sardori Serxio Ramos ijro etadigan uslubga o‘xshab ketadi. To‘g‘ri, "Real" himoyachisi zarba berishdan oldin darvozabonlarga nisbatan chalg‘ituvchi harakatlarni juda kam qo‘llaydi va u ko‘proq to‘pga kuchli zarba berishni afzal ko‘radi. Ammo, mohirona ijro etishda ispaniyalikning ijrosi, braziliyalik hamkasbinikidan sira qolishmaydi.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, braziliyalik iqtidor egasi Neymarning penaltidan qanchalik ustalik bilan foydalanishi o‘z jamoasiga shunchalik ko‘p foyda keltiradi. Penalti hozirgi zamonaviy futbolning ajralmas bo‘lagi hisoblanadi va undan qancha mohirona foydalanilsa, golga shuncha chiroy beradi.

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 13:19, 11.02.2021.
O'qildi: 5162 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.