Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

“Qizilqum” Turkiya yig‘inini g‘alaba bilan yakunladi

“Qizilqum” Turkiya yig‘inini g‘alaba bilan yakunladi

Baho:
+ | -

Ikki hafta mobaynida Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazgan “Qizilqum” futbolchilari yig‘in doirasida so‘nggi nazorat uchrashuvini g‘alaba bilan tugatishdi.

Navoiyliklarning bu galgi raqibi Gruziyaning “Dila” (Gori) klubi bo‘ldi.
Gori shahri sharafini himoya qiluvchi klub 70 yillik tarixga ega bo‘lib, 2015 yilda mamlakat chempioni, 2012 yildi Gruziya kubogini qo‘lga kiritgan.

Bellashuv murosasiz kechdi. Tajriba bobida anchagina ustun bo‘lgan gruziyalik futbolchilar asosan to‘p nazoratini saqlash orqali o‘yin tashkil etishga urinishdi. Ikkinchi bo‘limni vakillarimiz ancha tajovuzkor boshlashdi. Bir  vaziyatda Giorgi Kuxianidzening zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Uchrashuv tugashiga o‘n daqiqa qolganida vakillarimiz o‘yin taqdirini hal qiluvchi golni kiritishdi.  Aniqrog‘i, jamoamizning gruziyalik legionerlari o‘z vatandoshlariga qarshi kechgan bahsda g‘alabani o‘zlari tomonga og‘dirib olishdi. Mate Vasadzening ajoyib to‘p uzatishidan keyin Elguja Grigalashvili raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va uni qiyinchiliksiz dog‘da qoldirdi -1:0.

Shu tariqa “Qizilqum” Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga yakun yasadi. Yig‘in davomida futbolchilarmiz oltita nazorat uchrashuvini o‘tkazishib, 4 ta g‘alaba, 1 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etishdi.

Jamoamiz a’zolari  12 fevral, juma kuni yurtimizga qaytishadi.

Nazorat uchrashuvi. 11.02.2021.
“Qizilqum”   - “Dela” (Gruziya) 1:0.
Turkiya. Antaliya. “Asteriya” futbol markazi.
Gol: Elguja Grigalashvili (80).
“Qizilqum”: Ignatiy Nesterov - Fayzulla Qambarov (Oleg Tolmasov, 46), Muhsin Ubaydullayev, Sheral Jo‘rayev, Salim Mustafoyev – Erkin Boydullayev, Oybek Qilichev, Jamshid Hasanov (Behruz Sa’dilloyev, 75), Giorgi Kuxianidze, Elguja Grigalashvili – Mate Vasadze.

Manba: fcqizilqum.uz
Kiritildi: 09:44, 12.02.2021.
O'qildi: 2384 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик