Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Terma jamoa, legioner sifatidagi faoliyat, O‘zbekistonning mundialga chiqish imkoniyatlari haqida Server Jeparov bilan intervyu

Terma jamoa, legioner sifatidagi faoliyat, O‘zbekistonning mundialga chiqish imkoniyatlari haqida Server Jeparov bilan intervyu

Baho:
+ | -

Uzoq yillar davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi sharafini munosib himoya qilib kelgan, faoliyati davomida «Navbahor», «Paxtakor», «Bunyodkor», Saudiya Arabistoni, Eron va Janubiy Koreya klublarida to‘p surib, ikki bor Osiyoning eng yaxshi futbolchisi (2008 va 2011 yillarda) deb topilgan Server Jeparov bugungi kunda O‘zbekiston U-14 terma jamoasiga bosh murabbiylik qilmoqda. «Daryo» muxbiri Bilol Erkin milliy jamoaning sobiq sardori bilan bog‘lanib, uning futbolni tanlashiga nima sabab bo‘lgani, terma jamoa va legioner sifatidagi faoliyati hamda O‘zbekiston milliy jamoasining Qatar—2022 ga yo‘l olish imkoniyatlari borasidagi fikrlari bilan qiziqdi.

— Futbolni tanlashingizga nima sabab bo‘lgan?

— Men har doim sportni sevganman. Uyimizga yaqin hududda sport kompleksi bo‘lardi. Stadion «Selmash» deb nomlanardi.

— Yoshlikda jamoa topishga qiynalganmisiz? Yosh futbolchilar akademiyani bitirib, asosiy jamoaga kirish uchun nimalarga e’tibor qaratishi kerak?

— Yo‘q. Bolaligimdan yaxshi o‘ynaganman, chunki har doim to‘pni quchoqlab uxlardim. To‘pdan boshqa hech narsa sezmasdim ham. Asosiy jamoagacha bo‘lgan jarayon — raqobat, iroda, qiziqish va, albatta futbolga bo‘lgan muhabbatdan iboratdir.

— Terma jamoaga sizni ilk marta qaysi murabbiy jalb etgan? Termadagi faoliyatingizdan qoniqasizmi?

— Men barcha yoshdagi terma jamoalarda o‘yganman. U-14’ga Sayfiddin Ermatov chaqirgan. Yoshlar va Olimpiya termasiga Viktor Jalilov. Asosiy jamoaga esa Leonid Ostroushko. Umuman olganda, termadagi faoliyatimdan 80 foizga qoniqaman.

— Legioner sifatida Eron, Janubiy Koreya chempionatlarida o‘ynagansiz. Ayting-chi, biz ham ular kabi JahonChempionatida muntazam ishtirok etish uchun nima qilishimiz kerak?

— Biz hammasini bolalar futbolidan boshlashimiz kerak. Loyihalarimizni tizimli rejalashtirishimiz lozim. Musobaqalarga ular boshlanishidan avvalroq tayyorlanishimiz zarur. Va hamma narsada shunday. Mashinada hamma detallar ishlashi kerak, shundagina biz kerakli bo‘lgan maqsadlarga erisha olamiz.

— Eron islom respublikasidagi hayot bizdagidan (O‘zbekistondagidan) farq qiladimi? Sizni nimalar ajablantirdi. O‘zingizning to‘liq potensialingizni ko‘rsatish uchun nima to‘sqinlik qildi?

— Ha, Eron islom respublikasi, lekin odamlari ancha ochiq. Sobiq ittifoq va MDHda tug‘ilgan ko‘plab insonlar bor. Hayot ham ancha qiziq. Ko‘pgina diqqatga sazovor joylar mavjud, mamlakat boy tarixga ega. U yerda yil bo‘yi yoz bo‘ladigan va yil davomida qahraton qish hukm suradigan shaharlar bor. Men Eron Kubogini qo‘lga kiritib, u yerda o‘z potensialimni to‘laligicha namoyish etganman.

— Boshqa davlatlarda bizning futbol va o‘yinchilar haqida qanday o‘ylashadi?

— Har doim bizning iqtidorli futbolchilarimiz borligiga va Jahon Chempionatiga chiqish uchun doimo kurashishimizga qoyil qolishadi.

— Osiyoning ikki karra eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgansiz. Bu hayotingizni qay darajada o‘zgartirgan?

— Meni ko‘proq qadrlay boshlashdi. Futbol men uchun yana ham qiziqroq bo‘la boshladi.

— Faoliyatingizni «Metallurg»da yakunladingiz. U yerga o‘tishga nima sabab bo‘ldi?

— Vatanimni sog‘ingandim.

— Faoliyatingizdagi eng yaxshi murabbiy deb kimni ayta olasiz?

— Men juda ko‘p murabbiylarni ko‘rganman. Ularning har biri menga nimadir yangi narsa bergan. Men esa ulardan eng yaxshilarini olganman. Eng yaxshisi? Birgalikda katta g‘alabalarga erishganlarim.

— O‘zbekiston terma jamoasining Qatarga yo‘l olish imkoniyatlarini qanday baholaysiz. Yo‘llanmani qo‘lga kiritishimiz uchun nima qilishimiz kerak?

— Hamma bir bo‘lib ishlashi kerak. Hozir vaqt kam qoldi. Nimanidir tezda o‘zgartirish qiyin. Rejalar ish berishi uchun ularni uzoq yillik qilib tuzish zarur.

— Odil Ahmedov o‘z futbol maktabiga asos soldi. Sizda ham shunga o‘xshash rejalar va mamlakat futboli rivojiga hissa qo‘shish niyati bormi?

— Albatta. Deyarli 10 yillardan beri bu orzularimda yashaydi.

— Futbolchi bo‘lmaganingizda qaysi kasbni tanlar edingiz. Hobbilaringiz nima?

— O‘ylashimcha, sport bilan bog‘liq kasbni tanlagan bo‘lardim. Men faol turmush tarzini olib borishni yaxshi ko‘raman. Tog‘, toza havo va tabiat menga xos bo‘lgan narsalar.

— Koronavirus pandemiyasi paytida Zangiota karantin zonasida 14 kun bo‘ldingiz. U yerdagi sharoitlar haqida nima deya olasiz?

— Besh yulduzli mehmonxona bo‘lmasa-da, sharoitlar yaxshi edi. Birinchi zaruratlar ta’minlangandi. Yaxshi boqishdi (kuladi). Lekin qo‘rqdim.

— Ayni paytda U-14 terma jamoasini boshqarmoqdasiz. Ushbu vazifaga sizni kim taklif qildi. Sizda bu jamoani boshqarishdan maqsad nima?

— Meni bu vazifaga Ravshan Ermatov taklif qildi. Maqsad — yosh o‘yinchilarni katta futbolga tarbiyalash va qiziqtirish. Va o‘z navbatida yuqori darajali menejer bo‘lib yetishish.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:00, 12.02.2021.
O'qildi: 5939 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.