Germaniyaning «Leypsig» klubi himoyachisi Dayot Upamekano kelgusi faoliyatini qayerda davom ettirishi borasida bir qarorga keldi.
22 yoshli fransuz «Bavariya»da o‘z kelajagini ko‘rmoqda. U yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Alabaga o‘rinbisar sifatida tarkibga olinadi.
Buning natijasida «buqalar» Dayot uchun 42 million yevro kompensasiya puli ishlab olishadi.