Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Serbiyalik mafiya a’zolari «Partizan» futbol klubi stadionida makon qurgani ma’lum bo‘ldi

Serbiyalik mafiya a’zolari «Partizan» futbol klubi stadionida makon qurgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Serbiya huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan «Partizan» futbol klubi muxlislar guruhi panasida faoliyat yuritayotgan jinoiy guruh yetakchilari Velko Belivuka va Marko Milkovich qo‘lga olindi.

Belivuka jinoiy to‘dasi narkotik moddalar va qurol savdosi, o‘g‘rilik bilan shug‘ullangan, shuningdek, ko‘plab qotilliklarga qo‘l urgan. 8 fevral kuni mafiya a’zolari uyushgan jinoyatchilikka qarshi urush ochgan Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichga suiqasd hozirlayotgani ma’lum bo‘lgan.

Polisiya qator tintuvlarni o‘tkazgan, xususan, «Partizan» stadionidagi bunker ham tintuv qilingan. Jinoiy guruh a’zolari bunkerdan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalangan, uning kalitlari faqat Belivuka va uning yaqinlarida bo‘lgan. Tintuv vaqtida binodan kishan kalitlari, rezina bolg‘alar va mobil aloqa signallarini to‘suvchi moslamalar topilgan.

Ekspertlar qon izlari va odam suyagi bo‘laklariga duch kelgan. Polisiya taxminlariga ko‘ra jinoiy guruh bunkerda odamlarni qiynoqqa solgan va o‘ldirib yuborgan, keyin esa murdalar bo‘laklarga bo‘linib, maxfiy joyga olib ketilgan. Ma’lum bo‘lishicha, so‘nggi 1,5 yilda o‘ndan ortiq kishi jinoyatchilar qurboniga aylangan. O‘rganilgan videotasvir ma’lumotlariga ko‘ra, ikki kishi stadion bunkeriga kirgan va u yerdan qaytib chiqmagani aniqlangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:28, 13.02.2021.
O'qildi: 2669 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик