«Shaharliklar» xavbeki Ilkay Gyundogan o‘z kelajagi borasida fikr bildirdi.
«Men o‘zimni "Siti"dan boshqa joyda tasavvur qila olmayman. Bu yerda men faoliyatimni tugatib qo‘ymoqchiman. Jamoadagi sheriklarim men bilan aka-ukadek bo‘lib ketishgan.
Bu yerda klub manfaatlari futbolchilardan ustun turadi. Manchesterdagi muhitni men boshqa klubda ko‘rmaganman. Katta oilaning muhim a’zolaridan biri ekanimdan xursandman», - deydi Gyundogan.