"Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpin jamoaning sobiq futbolchisi Eldor Shomurodovni nima uchun "qiyshiqoyoq" deya ataganiga izoh berdi.
"Shomurodov rostdan ham qiyshiqoyoq. Uning oyoqlari rostdan ham "O" shaklida. Buning nimasi yomon?", — dedi Karpin "Match TV" yutub-kanaliga bergan intervyusida.
Shomurodov mavsum-2020/2021da A seriya doirasida 15ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golga uzatma berdi.