Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

A seriya. «Inter» «Lasio»ni mag‘lub etib, peshqadamga aylandi

A seriya. «Inter» «Lasio»ni mag‘lub etib, peshqadamga aylandi

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 22-turi doirasida «Inter» va «Lasio» klublari 14 fevral kuni "San-Siro"da to‘qnash kelishdi.

Bahsning 22-daqiqasida Lautaro Martines darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqqan paytda Xudt unga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Belgilangan penaltini esa Lukaku aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Birinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqada Romeluning o‘zi hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi.

Uchrashuvning 61-daqiqasida rimliklar Eskelantening goli evaziga bitta javob to‘pini kiritishdi, ammo 3 daqiqa o‘tib Martines yakuniy hisobni o‘rnatdi — 3:1.

Ushbu g‘alabadan keyin "Inter" o‘z ochkolarini 50taga yetkazib, A seriya peshqadamiga aylandi. "Lasio" esa 7-o‘ringa tushib qoldi.

Italiya chempionati, 22-tur
Inter – Lasio 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 22, penalti Lukaku, 2:0 – 45 Lukaku, 2:1 – 61 Eskalante, 3:1 – 64 Martines.
Inter – Xandanovich, Shkrinyar, de Vrey, Bastoni, Hakimiy (D`Ambrozio, 90), Barella, Brozovich, Eriksen (Galyardini, 72), Perishich (Darmian, 90), Lukaku (Pinamonti, 90), Martines (Sanches, 78).
Lasio – Reyna, Gabarron, Xudt (Parolo, 46), Acherbi, Lassari, Milinkovich-Savich, Leyva (Eskalante, 46), Luis Alberto (Pereyra, 78), Marushich, Korrea (Kaysedo, 70), Immobile (Muriki, 70).
Ogohlantirishlar: Xudt (20), Lukaku (26), Hakimiy (59).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:38, 15.02.2021.
O'qildi: 3740 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик