«Qizillar» himoyachisi O‘zan Kabak ingliz klubida o‘ynagan ilk turk futbolchisiga aylandi.
U ayni paytda «Leypsig»ga qarshi bahsda ishtirok etmoqda. Futbolchi Angliyaga joriy yil qishda kelib qo‘shilgandi. U bundan avval «Shalke» hamda «Shtutgart» klublarida faoliyat olib borgan.
Ma’lumot uchun, Kabak YECHLda qatnashgan ingliz klublaridagi 76-millat vakili futbolchisi hisoblanadi.