Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

“PSJ“ “Kamp Nou“ni qamal qildi. Mbappedan xet-trik

“PSJ“ “Kamp Nou“ni qamal qildi. Mbappedan xet-trik

Baho:
+ | -

YECHLning 1/8 final bosqichi doirasida “Barselona“ o‘z maydonida “PSJ“ni qabul qildi va o‘z darvozasidan naq to‘rtta to‘p olib chiqqan holda, mag‘lubiyatga uchradi.

Dastlab, birinchi bo‘lim avvalida Messi parijliklar darvozasi tomon belgilangan penaltini aniq va bexato amalga oshirib hisobni ochdi. Ushbu goldan biroz muddat o‘tar-o‘tmas Kilian Mbappe o‘z goli bilan muvozanatni tikladi va jamoalar birinchi bo‘limni durang bilan yakunlashdi.

Ikkinchi taymda mezbonlar himoya qo‘rg‘onida yuzaga kelgan tartibsizliklar oqibatida Ter Shtegen qo‘riqlayotgan darvoza Mbappe tomonidan yana ikki bor ishg‘ol etildi. Shuningdek, bir golga Moyze Kin mualliflik qildi. Yakunda hisob — 1:4. “PSJ“ Parijga ishonchli g‘alaba bilan qaytmoqda.

"Barselona" Ispaniya – "PSJ" Fransiya 1:4 (1:1, 0:3) «Kamp Nou»

Gollar: 1:0 – 27, penalti Messi, 1:1 – 32 Mbappe, 1:2 – 65 Mbappe, 1:3 – 70 Kin, 1:4 – 85 Mbappe.

"Barselona" – ter Shtegen, Dest (Mingesa, 71), Langle, Alba, Pike (Puch, 78), Buskets (Pyanich, 78), de Yong, Pedri (Trinkau, 78), Dembele, Messi, Grizmann (Breytueyt, 85).

"PSJ" – Navas, Kurzava, Kimpembe, Florensi (Kerer, 89), Markinyos, Verratti (Draksler, 73), Paredes, Guye (Errera, 46), Ikardi, Kin (Danilu Pereyra, 85), Mbappe.

Ogohlantirishlar:
Guye (20).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 03:25, 17.02.2021.
O'qildi: 6781 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик