«Yuventus» himoyachisi Leonardo Bonuchchi Yevropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan «Portu»ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi.
So‘nggi mashg‘ulotlarning birida unda Bonuchchida jarohat aniqlangan. Shu sababli u 3 haftaga safdan chiqdi.
Avvalroq turinliklar futbolchilari — Kuadrado va Artur sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammoga duch kelishgan edi.