Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

«Bunyodkor» Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

«Bunyodkor» Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Baho:
+ | -

Faoliyatini keng qamrovda olib borishga harakat qilayotgan «Bunyodkor» yana bir tashabbusga qo‘l urdi.

Kecha mamlakatimizdagi eng nomdor bilim dargohlaridan biri Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga tashrif buyurgan «Bunyodkor» hamkorlik memorandumini imzoladi. Universitetning Madaniyat saroyida tashkil qilingan tadbirda talabalardan tashqari, o‘qituvchilar, kafedra mudirlari, dekan va shaxsan rektor Sharipov Kongratboy Avezimbetovich ishtirok etdi. «Bunyodkor» vakillari orasida klub direktori Ulug‘bek Mirzayev, moliya menejeri Shomurod Isroilov, marketing mutaxassisi Shuhrat Turdiyev hamda futbolchilar Xurshid G‘iyosov, Rasul Yo‘ldoshev, Sarvar Karimovni ko‘rish mumkin edi.

Tadbir avvalida universitet rektori Sharipov Kongratboy Avezimbetovich so‘zga chiqib, mazkur hamkorlik memorandumi haqida batafsil to‘xtaldi. Shuningdek, «Bunyodkor» futbol klubi to‘g‘risida iliq fikrlar bildirar ekan, jamoamizning yorqin tarixini eslab o‘tdi. So‘ng «Bunyodkor» futbol klubi direktori Mirzayev Ulug‘bek Abdusattorovich so‘z oldi. Klubimiz rahbari so‘zi avvalida «Bunyodkor» muxlislar uchun o‘ynaydi», shiorini eslab o‘tar ekan, hamkorlik memorandumining asl maqsadi ishqibozlar ekanligiga alohida ahamiyat qaratdi. Ya’ni, mazkur hamkorlik memorandumiga ko‘ra, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari «Bunyodkor»ning uy uchrashuvlarini bevosita stadionda tomosha qilishlari bepul etib qo‘yiladi. Futbol iqtisodiyoti bilan shug‘ullanishni istagan talabalarga ham bu borada sharoit yaratib beriladi. Qolaversa, «Xalqaro turizm» fakulteti talabalari xorijlik turistlarni «Bunyodkor» stadioniga, muzeyiga olib kelish bo‘yicha ish olib borishlari mumkinligi ham ta’kidlandi.

Rahbarlar so‘zlarini yakunlagach, tadbirning eng asosiy qismi – hujjatlarni imzolash jarayoni o‘tkazildi. Sharipov Kongratboy Avezimbetovich va Mirzayev Ulug‘bek Abdusattorovich hamkorlik memorandumiga imzo chekar ekan, ushbu hujjat har ikkala tomon uchun ham foydali bo‘lishini tilab, bir-birlariga qo‘l berishdi hamda o‘zaro sovg‘alar almashishdi.

Tadbirning rasmiy qismlari yakunlangach, talabalarga «Bunyodkor» rahbarlari va futbolchilariga savol berish imkoniyati berildi. Asosiy savollar nega milliy terma jamoamizning jahon chempionatiga chiqa olmayotgani-yu, yaxshi futbolchi bo‘lib yetishish uchun nimalarga ahamiyat qaratish ekanligi haqida bo‘ldi. Uchala futbolchimiz ham talabalarning barcha savollariga batafsil va qoniqarli javob berdi. 

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 22:01, 17.02.2021.
O'qildi: 2003 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик