Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

Nazorat o‘yini: AGMK bo‘ronli shamol ostidagi o‘yinda imkoniyatni boy berdi

Nazorat o‘yini: AGMK bo‘ronli shamol ostidagi o‘yinda imkoniyatni boy berdi

Baho:
+ | -

AGMK Antaliyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasidagi navbatdagi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Bu galgi raqib o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra chempionatda bronza medalni qo‘lga kiritgan Belarusning "Torpedo Belaz" jamoasi bo‘ldi. O‘yin noqulay ob-havo, ya’ni kuchli bo‘ronli shamol ostida o‘tgani jamoalarga qiyinchilik tug‘dirdi.

Uchrashuvning 5-daqiqasida Ustinov tomonidan berilgan kuchli zarba shamol yordamida darvozaning yuqori to‘qqizligidan joy oldi. Birinchi taym o‘rtalariga kelib jamoamiz ustunlikni qo‘lga olib, hujumga zo‘r berdi. Biroq shamolga qarshi o‘ynashga to‘g‘ri kelgan bahsda futbolchilarimizning o‘ylagan rejalari yakunda amalga oshmay qolaverdi. Murod Toshmatov, Sanjar Shoahmedov va Zafar Polvonov qator vaziyatlarda imkoniyatga ega bo‘lishdi, lekin yakuniy zarbani berishda ularga aniqlik yetishmadi.

Ikkinchi taym o‘rtalariga yaqin qator o‘zgarishlar ruy berdi. O‘yinga jamoamizning Antaliyadagi yig‘iniga kecha kelib qo‘shilgan ko‘rikdagi gollandiyalik vinger, Kabo-Verde terma jamoasi a’zosi Elvin Fortes ham tushirildi. Elvin Fortes qisqa vaqt ichida o‘zining yuqori texnika va dribling harakatlari bilan ajralib turdi. Aynan Fortesning faol harakati va jarima maydonchasiga kirishga bo‘lgan urinishi chog‘ida raqib tomonidan ishlatilgan qo‘pollik natijasida jamoamiz uchrashuvning 83-daqiqasida penalti tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Rahmonov esa nuqtadan adashmadi va o‘yinda muvozanatni tikladi.

Lekin bahs tugashiga 2 daqiqa qolganida "Torpedo Belaz" jamoasi burchak zarbasidan keyin jarima maydonchasi ichida yuzaga kelgan pala-partishlikdan foydalanib, g‘alaba to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa kuchli shamol ostida kechgan bahsda jamoamiz "Torpedo Belaz"ga imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvda Shohruh Gadoyev, Aleksandr Kasyan jarohatlari bois ishtirok etishmadi. Husniddin G‘ofurov va Botirali Ergashev milliy terma jamoa yig‘inida bo‘lib turishibdi va ular ertaga jamoaga qo‘shilishi rejalashtirilgan. Bugundan e’tiboran Antaliyaga kelgan jamoamizning yangi a’zosi Vladimir Kozak ertadan mashg‘ulotlarni boshlaydi.

Nazorat o‘yini.
17 fevral, chorshanba.
Antaliya, "Eko Dizayn sport kompleksi".
"Torpedo Belaz" - AGMK 2:1
Gollar: Ustinov (5), Odeoibo (87) - Sardor Rahmonov (84-penalti)
"Torpedo Belaz" — Aleksey Kozlov, Vitaliy Ustinov, Igor Burko, Dmitriy Yashin, Alan Aussi, Andrey Xachaturyan, Nikita Nikolayevich, Velozu Lipe, Yuriy Gabovda, Aleksey Antilevskiy, Dmitriy Antilevskiy.
AGMK — Suhrob Sultonov - Mirg‘iyos Sulaymonov, Abbos Otaxonov, Sardor Rahmonov, Akrom Komilov - Yovan Jokich, Mirjamol Qosimov, Sanjar Shoahmedov - Sanjar Tursunov, Zafar Polvonov, Murod Toshmatov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Dilshod Ahmadaliyev, Boburbek Yo‘ldoshev, Jasur Umarov, Sarvar Ablayev, Sheroz Jalolov, Dilshod Jo‘rayev, Elvin Fortes, Kamron Abdulhamidov.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 22:10, 17.02.2021.
O'qildi: 2437 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.