Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

YECHL. «Real Sosyedad» - «Manchester Yunayted»ga qarshi. (Prevyu)

YECHL. «Real Sosyedad» - «Manchester Yunayted»ga qarshi. (Prevyu)

Baho:
+ | -

Bugundan Yevropa Ligasi pley-off uchrashuvlari  boshlanadi.  "Real Sosyedad"  o‘z maydonida Angliyaning "Manchester Yunayted"  jamoasini qabul qiladi.  Qiziqarli o‘tish tahmin qilinayotgan mazkur uchrashuv atrofidagi qiziqarli ma’lumotlar,  jamoalarning bosib o‘tgan yo‘li,  yo‘qotishlar haqidagi qisqacha prevyuni sizlarga taqdim etamiz.

"Real Sosyedad"


Mazkur jamoa Yevropa Ligasining "F" guruhidan joy olgan edi. Ular bilan bir qatorda "Napoli", " Az Alkmar" hamda "Riyeka" jamoalari pley-off uchun kurash olib borishgan. "Oq-ko‘klar" dastlabki uchrashuvini safarda o‘tkazgan. Xorvatiyaning "Riyeka" jamosi ustdan 1:0 hisobida ustun kelishgan. O‘z maydonidagi "Napoli"ga qarshi uchrashuvda esa xuddi shu hisobda mag‘lub bo‘lishgan. Uchinchi va to‘rtinchi turda" Az" jamoasiga qarshi maydonga tushib, bir g‘alaba va bir duranga imzo chekkan "Sosyedad" keyingi turlarda ham jamoalar bilan murosa yo‘lini tanlagan. Guruhda italiyaliklardan so‘ng 9 ochko bilan 1/8 final yo‘llanmasiga ega chiqishgan.

"Real sosyedad"  jamoasi mavsum boshidan beri stabil o‘yin namoyish etmayapti.  Buni Yevropa Ligasidagi uchrashuvlaridan ham,  La-ligadagi o‘yinlaridan ham sezish mumkin.  Hatto,  bir muddat guruhdan chiqa olmaslik xavfi ham bor edi.  Shu bilan bir qatorda ichki chempionatda ham birinchi o‘ringa chiqishdi.  Ammo,  noyabr oyi oxirlarida o‘yinida yuz bergan pasayish,  shuningdek,  jarohatlar bilan bog‘liq muammolar jamoani yana yetakchilar qatoridan tushib ketishiga zamin yaratdi. Umuman olganda,  san-sebastyanliklar YELsida  yopiq o‘yin namoyish etishgan.  Barcha uchrashuvlarda 5ta gol urib,  o‘z darvozasidan 4ta gol olib chiqishgan.  "Basklar"ning   La-ligadagi ishlari ancha yaxshi.  Garchi,  jadvalda yetakchilik qilmayotgan bo‘lsa-da,  yetakchi jamoalarga yetarlicha qarshilik ko‘rsatmoqda.  Ayni paytda ular Ispaniya chempionatida 23 uchrashuvdan so‘ng,  38 ochko bilan 5-o‘rinda ketishmaqda. Jamoa chempionati va kubok uchrashuvlari bilan hisoblaganda 6 uchrashuvdan beri mag‘lubiyatga uchramay o‘ziga xos seriya namoyish etmoqda.  O‘tgan turda san-sebastyanliklar "Xetafe" maydoniga safar uyishtirib,  1:0 hisobida g‘alaba qozonib,  uch ochko bilan ortga qaytishgan. «Real sosyedad» jamoasida yo‘qotishlar bilan bog‘liq muammolar deyarli yo‘q. Faqat jamoaning hujumchisi Karlos Fernandes o‘tgan turdagi «Xetafe»ga qarshi o‘yinda jarohat olgan. Asoson, zaxiradan maydonga qo‘shiladigan ispaniyalik o‘yinchi «basklar» uchun katta yo‘qotish hisoblanmasa kerak.

 

«Manchester Yunayted»


Yevropa maydonlaridagi yurishini Chempionlar ligasida boshlagan «Manchester Yunayted» jamoasi, guruhda 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, Yevropa Ligasida qatnashmoqda. Angliyaliklar YECHLda «H» guruhidan joy olgan edi. Ularning raqibi esa «PSJ», «Leypsig» va Istanbulning «Bashakshexir» jamoalar edi. «Mankunianlar» 6 o‘yinda maydonga tushib, 9 ochkoni qo‘lga kiritishgan. Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga esa, «PSJ» va «Leypsig» jamoalari 12 ochkodan jamg‘arib yo‘l olishgan. YECHL guruh bosqichidan chiqish o‘z qo‘lida bo‘lgan «qizil iblislar, barqaror o‘yin ko‘rsata olmagan. Autsayder »Bashaksexir«dan uchralgan mag‘lubiyat barchasini o‘zgartirib yubordi. Umuman olganda, manchesterliklar musobaqani ajoyib boshlashdi. O‘z maydonida Germaniyaning "Leypsig" jamoasini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgan. O‘sha g‘alabadan so‘ng, guruhda yetakchi jamoa sifatida tilga olina boshladi, ammo ikkinchi turdagi Turkiya jamoasidan uchralgan mag‘lubiyat, o‘z maydonida "PSJ" jamoasiga 1:3 hisobida yengilishi jamoaning guruhdan chiqish imkoniyatini keskin pasaytirib yubordi. So‘ngi turda Germaniyada uchralgan mag‘lubiyat esa barchasiga yakun yasadi. "MYU" Chempionlar Ligasidan chiqib ketishi, ichki chempionatdagi imkoniyatlarining kamayishi natijasida, bor e’tiborini Yevropa Ligasiga qaratishini taxmin qilish mumkin. Mazkur musobaqa ularga begona emas, chunki 2016/17 yilgi mavsumda ular ushbu chempionat g‘olibi bo‘lishgan. "Ayaks"ga qarshi kechgan uchrashuvda "qizil iblislar" 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgan.
APLda ham "Mankunianlar"ning ishlari yaxshi deb bo‘lmaydi. Jadvalda 2-o‘rinda ketayotgan jamoa, so‘ngi turlardagi duranglari sabab, yetakchi "Manchester Siti"dan 10 ochko ortda qolishmoqda. "Sheffild"dan uchralgan mag‘lubiyat, "Arsenal", "Everton", "Vest Bromvich" jamoalari bilan qayd etilgan duranglar ularning Premer-ligadagi imkoniyatlarini keskin kamaytirib yubordi.
Bugungi uchrashuv oldidan jamoada bir nechta yo‘qotishlar mavjud. Van de Bek, Fil Jons, Kavani hamda Pogba "Real Sosedad"ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. "Vest Brom"ga qarshi o‘yinda mushaklari bilan bog‘liq jarohat orttirib olgan Van de Beksiz jamoa markazida biroz bo‘shliq hosil bo‘lishi mumkin, shuningdek Reshford bilan ajoyib tandem hosil qilgan Kavaning yo‘qligi bu muammoni yanada chigallashtirishi mumkin. Kecha tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Maktominay va Marsial ham maydonga tushmasligi mumkin. Agarda, ushbu o‘yinchilar ham bugungi uchrashuvni o‘tkazib yuborsa, jamoa hujumidagi ishlarning barchasi Reshford zimmasiga tushadi. Bu esa ortiqcha bosim keltirib chiqarib, jamoa o‘yiniga jiddiy ta’sirini ham o‘tkazishi mumkin.

 

Ehtimoliy Tarkiblar.


«Real Sosedad» (4-1-4-1): Alexandro, Gorosabel, Le Norman, Subeldia, Monreal, Mereno, Oyarsabal, Ilyaramendi, Silva, Yanuzay, Isak.


«Manchester Yunayted» (4-2-3-1): Xenderson, Van-Bissaka, Lindelyof, Maguayr, Shou, Fred, Matich, Reshford, Fernandesh, Mata, Grinvud.

Eslatma: Buyuk Britaniyada koronavirusning yangicha turi topilganligi sababli, Ispaniya va Angliya o‘rtasidagi aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatilgan. Shu sababli mazkur uchrashuv Italiyadagi «Allianz Arena»da  o‘tkaziladi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:55da boshlanadi.


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:08, 18.02.2021.
O'qildi: 2474 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.