Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Igor Sergeev nima uchun «Aktobe»ni tanlaganiga izoh berdi

Igor Sergeev nima uchun «Aktobe»ni tanlaganiga izoh berdi

Baho:
+ | -

"Aktobe"ning yangi hujumchisi Igor Sergeev klub matbuot xizmatiga birinchi intervyusini berdi. O‘zbekiston terma jamoasi nima uchun ushbu jamoani tanlaganiga izoh berib o‘tdi.

— Igor, "Aktobe"ga xush kelibsiz! O‘z hissiyot va fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz. Nima uchun bizning jamoani tanladingiz?

— Hissiyotlar faqat ijobiy. Bu yerda ekanimdan xursandman. "Aktobe" haqida faqat yaxshi gaplar eshitdim. Bu yerda jipslashgan jamoa yig‘ilganini bilardim. Kollektiv juda ahil va inoq. Bu jamoaga qanday qo‘shildim? Agent menga bir nechta variantlarni taklif qildi. Ular orasida Qozog‘iston klublari ham bor edi. Sababini bilmadimu, qalbimga "Aktobe" o‘tirdi. Shuning uchun bu jamoani tanladim.

— Bu haqda ko‘p o‘yladingizmi? Kim bilan maslahatlashdingiz? Yakuniy qaror qabul qilishda kim yordam berdi?

— Yashirmayman, juda ko‘p o‘yladim. Juda ham ko‘p. Salbiy va ijobiy tomonlarini tosh-tarozuga soldim. O‘ylab o‘tirmasdan darhol qabul qilishga o‘rganmaganman. Hamisha o‘z agentim bilan maslahatlashaman. O‘ylaymiz. Aleksandr Geynrix va Timur Kapadze bilan maslahatlashdim. Vatandoshlarim bu yerda bir necha yil to‘p tepishgan. Ular "Aktobe", shahar va muxlislar haqida yaxshi fikrlar aytishdi. Takrorlayman, negaligini bilmadim, ammo men "Aktobe"ni tanladim. Bor gap shu.

— Jamoa Aleksey Baga boshqarayotgani muhim omil bo‘ldimi? Murabbiy jamoani qanday uslubda o‘ynatayotganiga e’tibor qaratdingizmi? Uslub sizga ma’qulmi?

— Ha, bu juda muhim. Shubhasiz, qaysi jamoaga, qanday murabbiy qo‘lostida o‘ynashga yo‘l olayotganim men uchun muhim. U yosh va istiqbolli mutaxassis. Qayerda ishlamasin, o‘sha jamoani chempionga aylantirgan. Bularning barchasi qaror qabul qilishimda muhim rol o‘ynadi. U bilan yuzma-yuz gaplashib olish muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. U menda yaxshi taassurot qoldirdi.

Aleksey Anatolyevich aqlli murabbiy, nimani xohlayotganini, maqsadga qanday erishish mumkinligini yaxshi biladi. Eng kamida to‘g‘ri fikrlamoqda. Aniq reja va strategiyaga ega. Bu muhim. Ko‘p murabbiylar nimalarnidir gapiradiyu, ammo amalda boshqa ish qiladi. Baga esa unday emas. U bergan savollarimning barchasiga javob berdi. Bu esa mening qarorimga ta’sir ko‘rsatdi.

Uning futboli borasida shuni aytishim mumkinki, ha men BATE va "Jalgiris" ishtirokidagi o‘yinlarni ko‘rdim. Umuman olganda, uning o‘yini menga to‘g‘ri keladi. Qolganini esa ko‘ramiz...

Eslatib o‘tamiz, Sergeev — "Paxtakor"ning O‘zbekiston chempionatlaridagi eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. O‘tgan mavsumda u "sherlar" safida 24ta o‘yinda maydonga tushib, 16ta gol muallifiga aylandi. Unga "Astana" ham qiziqish bildirgandi.

Manba: vesti.kz
Kiritildi: 09:27, 20.02.2021.
O'qildi: 6904 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик