Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Quvondiq Ro‘ziyev: “Muxlislarimiz bor ekan, hech qaysi raqibdan qo‘rqmaymiz”

Quvondiq Ro‘ziyev: “Muxlislarimiz bor ekan, hech qaysi raqibdan qo‘rqmaymiz”

Baho:
+ | -

Bugun Namangandagi “Markaziy” stadionning zaxira maydonida “Navbahor” jamoasi navbatdagi mashg‘ulotlarga kirishdi. Futbolchilarimiz ko‘tarinki kayfiyatda shug‘ullanishdi. Ushbu mashg‘ulotlardan so‘ng “Navbahor” safiga yangi qo‘shilgan mahoratli  yarim himoyachi Quvondiq Ro‘ziyev klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

‑ Avvalambor, namanganlik ashaddiy muxlislarga salom! Turkiyadagi yig‘inimiz ajoyib tarzda o‘tdi. Klub rahbarlariga katta rahmat, barcha sharoitlarni yaratib berishdi. Mashg‘ulotlarni o‘zimiz o‘ylagan reja asosida tashkil etdik.

Turkiyadagi o‘rtoqlik uchrashuvlari haqida gapiradigan bo‘lsam, albatta, bunday o‘yinlarda natija muhim ahamiyat kasb etmaydi. Asosiy maqsadimiz, jamoaviy o‘yinni shakllantirish edi, bir qator yoshlarga imkoniyat berildi. Xorij yig‘inida yaxshi saviyadagi jamoalarga qarshi o‘ynadik va o‘zimizning nimalar ustida ishlashimiz kerakligi, kamchiliklarimizni aniqlab oldik.

Jamoaga ancha moslashdim, yigitlar bilan chiqishib ketdik. Bu borada Turkiyadagi yig‘in menga juda asqotdi, chunki barchamiz bir joyda yashab, bir joyda ovqatlandik. Shu narsa yordam berib, futbolchilar bilan aka‑ukadek bo‘lib qoldik.

No‘’mon Hasanov bilan, adashmasam, qariyb ikki yarim yil birga ishlaganmiz. Baxtiyor Ashurmatov bilan No‘’mon Hasanovning mashg‘ulotlaridagi farqqa to‘xtaladigan bo‘lsam, Baxtiyor aka asosan jangovarlikka urg‘u beradi. No‘’mon aka esa futbolchining mahoratidan kelib chiqib, jamoaviy o‘yinni shakllantirishga intiladi.

Har ikki mutaxassisning o‘ziga yarasha ustun jihatlari bor, mashg‘ulotlari qiziqarli o‘tadi.

Yangi mavsum taqvimi biz uchun juda qiyin keldi, desam bo‘ladi. Ketma‑ket bir nechta o‘yinlarni nomdor jamoalarga qarshi o‘tkazamiz. Lekin hech qaysi raqibdan qo‘rqayotganimiz yo‘q, chunki bizning 12‑o‘yinchimiz – muxlislarimiz bor, buni hamma biladi. Namanganlik ishqibozlar bizni qo‘llab‑quvvatlab turishsa, bu raqiblarni bemalol yenga olamiz. Xudo xohlasa, ushbu bosqichdan eson‑omon o‘tib olamiz.

Jamoamiz muxlislariga oilaviy xotirjamlik tilayman, o‘yinlarga kelib, stadionlarni to‘ldirib turishsa, biz ham shunga yarasha ularning yuzlarini yorug‘ qilamiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 12:55, 23.02.2021.
O'qildi: 1973 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.