Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina 1-0 Cremonese
04/01 20:00 Everton 2-4 Brentford
04/01 20:00 Nyukasl 2-0 Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem 1-1 Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid 5-1 Betis
04/01 20:15 Fulhem 2-2 Liverpul
04/01 22:00 Verona 0-3 Torino
04/01 22:30 Malyorka 1-2 Jirona
04/01 22:30 Alaves 1-1 Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti 1-1 Chelsi
05/01 00:45 Inter 3-1 Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko
06/01 19:00 Piza - Komo
06/01 22:00 Lechche - Roma

Anvar Berdiyev «Buxoro» jamoasida ish boshladi

Anvar Berdiyev «Buxoro» jamoasida ish boshladi

Baho:
+ | -

Anvar Berdiyev bugundan boshlab jamoamizning «Buxoro» klubi bosh murabbiyi Davron Fayziyevga yordamchi murabbiy sifatida ish boshladi. Anvar Berdiyev shu kunga qadar «Istiqlol» jamoasida faoliyat olib borgan. U klub matbuot xizmatiga qisqacha intervyu berdi.

«Buxoro»dan tushgan taklif haqida

— «Buxoro» rahbariyati meni bosh murabbiy Davron aka Fayziyevga yordamchi murabbiy sifatida ishlash taklifi bilan chiqishdi, jamoada jiddiy maqsadlar qo‘yilgani, ya’ni yangi mavsumda superligada ishtirok etishni vazifa qilib olgani, o‘ziga jalb etdi.

Keyin, tug‘ilib o‘sgan viloyatimga yaqinligi ham qaror qabul qilishimda muhim rol o‘ynadi. To‘g‘risi, hozirda otamning ozgina toblari yo‘q, u kishiga yaqin bo‘lishim farzand sifatida zarur edi. Asosiysi ish bilan ham taminlandim.

Men bu takliflarni yaxshilab o‘ylab ko‘rib, Davron aka bilan ishlashga qaror qildim. Nasib qilsa, o‘z oldimizga qo‘yilgan vazifalarni birgalikda bajaramiz.

«Buxoro» jamoasi haqida

— Jamoa Farg‘onada bo‘lib o‘tgan hokim kubogida qatnashdi, mening sobiq jamoam bilan ham to‘qnash kelishdi. Jamoa yaxshi shakllangan, ko‘pchiligi superliga havosidan bahramand bo‘lgan o‘yinchilar. Alloh nasib qilgan bo‘lsa, ushbu tarkib bilan o‘z oldimizga qo‘yilgan vazifalarni bajara olishimizga ishonaman.

Jamoa ishqibozlariga murojaat

— Futbol muxlislar uchun o‘ynaladi, bizning asosiy maqsadimiz ham jamoa muxlislarini kayfiyatini ko‘tarish, ularga olam olam quvonch bag‘ishlash. "Buxoro" muxlislari xaqida men yaxshi taassurotlarga egaman. Oynai jahon orqali ko‘rganman va qolaversa futbolchilik davrimda ham ko‘p bora "Buxoro" stadioniga kelib to‘p surish nasib etgan. O‘sha vaqtlar stadionda joy yetmay muxlislar tashqarida qolib ketgan paytlarga ham guvoh bo‘lganmiz. Judayam talabchan vafodor muxlislar deb bemalol ayta olaman. Maqsadimiz yana o‘sha muhitni qaytarish. Jamoz muxlislariga avvalam bor sog‘liq va oilaviy farovonlik tilayman.

Manba: https://t.me/buxoropfc
Kiritildi: 10:09, 24.02.2021.
O'qildi: 3502 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.