Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Atalanta» - «Real» o‘yinida chetlatish haqqoniy edimi? (video)

«Atalanta» - «Real» o‘yinida chetlatish haqqoniy edimi? (video)

Baho:
+1 | -

Yevropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan «Atalanta» va «Real» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda bergamoliklar himoyachisi Remo Froyler bahsning 17-daqiqasida maydondan chetlatildi.

Shveysariyalik futbolchi o‘sha vaziyatda o‘z jarima maydoni ostonasida "Qirollik klubi" himoyachisi Ferlan Mendini yiqitdi. Mazkur chetlatish borasida futbol mutaxassislari o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

Anduxar Oliver (sobiq hakam)
"Nazarimda, hakam Mendi yaqqol gol urishi mumkin bo‘lgan vaziyatda Froyler uni yiqitdi, deya hisobladi. Mening fikrimcha, ushbu qaror haddan oshib ketdi. "Real" futbolchisi to‘pni to‘laqonli nazorat qilmayotgan edi. Ushbu vaziyatda sariq kartochka adolatli bo‘lardi".

Fabio Kapello ("Real" klubi sobiq bosh murabbiyi):
"Bunday qaror hafsalani pir qiladi. Froyler so‘nggi himoyachi emasdi. Bundan tashqari, Mendi to‘g‘ri darvoza tomon emas, chetga qarab ketayotgandi. Sariq kartochka yetarli bo‘lardi. Ammo qizil kartochkani qabul qilish qiyin. Bunday qarorlar o‘yinni o‘ldiradi. Kecha "Lasio" uchun penalti berilmaganini inobatga olganda, menda turli fikrlar yuzaga kelmoqda".

Eduardo Iturralde Gonsales (sobiq hakam):
«Sariq va qizil kartochka orasida qoidabuzarlik. Sariq ham, qizil ham ko‘rsatish mumkin edi. Mendi o‘sha paytda darvozadan chetroq tomon yugurayotgandi. Ammo biz vaziyatni televizor orqali tomosha qilamiz. Hakam esa maydonda boshqa pozisiyadan vaziyatni ko‘rdi. Bu sariq va qizil oralig‘idagi fol, VAR esa vaziyatga aralasha olmaydi. Maydondagi hakamga vaziyat "qizil"ga tortadigandek ko‘rindi».

Kiritildi: 08:36, 25.02.2021.
O'qildi: 9143 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.