Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

AGMK Turkiyadagi yig‘inini g‘alaba bilan yakunladi

AGMK Turkiyadagi yig‘inini g‘alaba bilan yakunladi

Baho:
+ | -

Yangi mavsum taraddudining hal qiluvchi bosqichini Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazgan jamoamiz ikki haftalik qizg‘in jarayonni yuqori notada tugatdi.

Yig‘in doirasidagi yakuniy o‘yin Qozog‘istonning o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra 6-o‘rin sohibi "Jetisu" jamoasiga qarshi kechdi.

O‘yinda yaqqol ustunlik qilgan jamoamiz har ikkala taymni hujumkor ruhda o‘tkazdi. Raqib esa doimiy himoyalanish bilan band bo‘lib, faqatgina qarshi hujum yoki standart vaziyatlari orqali darvozamizga xavf solishga urindi. Ikkinchi taymda zaxiradan maydonga tushgan Zafar Polvonov qanotdan uzatilgan to‘pni chalqancha uslubda ajoyib zarba yo‘llagan holda darvozaning yuqori qismiga joylab qo‘ydi. So‘ngra Sanjar Tursunov tomonidan amalga oshirilgan burchak zarbasidan keyin Jasur Umarov o‘yindagi hisobni yanada oshirib, uchrashuv taqdirini hal etdi.

Shu tariqa AGMK yig‘in doirasida o‘tkazilgan 5 o‘yindan uchtasida g‘alaba ("Telavi" 3:2, "Atirau" 2:0, "Jetisu" 2:0) qozondi va 1 mag‘lubiyat ("Torpedo Belaz" 1:2) hamda 1 durang ("Torpedo Belaz" 2:2) qayd etdi.

AGMK jamoasi ertaga Antaliya-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab charter reys orqali yurtimizga qaytab ketadi.

Nazorat uchrashuvi.

AGMK - "Jetisu" (Qozog‘iston) 2:0

Gollar: Polvonov (67), Umarov (76)

"Miracle Football centre" stadioni.

AGMK — Botirali Ergashev - Dilshod Ahmadaliyev, Abbos Otaxonov, Sardor Rahmonov, Murod Toshmatov - Yovan Jokich, Mirjamol Qosimov, Sanjar Shoahmedov - Sanjar Tursunov, Aleksandr Kasyan, Elvin Fortes.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Jasur Umarov, Mirg‘iyos Sulaymonov, Sheroz Jalolov, Vladimir Kozak, Dilshod Jo‘rayev, Shohruh Gadoyev, Zafar Polvonov.

Kiritildi: 21:56, 26.02.2021.
O'qildi: 2575 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик