Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

BAA Pro-Ligasi. Jaloliddin Masharipovning 2 ta golli uzatmasi «Shabob al-Ahli»ga g‘alaba keltirdi (videosharh)

BAA Pro-Ligasi. Jaloliddin Masharipovning 2 ta golli uzatmasi «Shabob al-Ahli»ga g‘alaba keltirdi (videosharh)

Baho:
+ | -

BAA Pro-Ligasining 18-turidan o‘rin olgan bir nechta uchrashuv 26 fevral, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

Ushbu turda Otabek Shukurov harakat qiladigan «Sharja» klubi o‘z maydonida peshqadamlardan biri «Al-Jazira»ni qabul qildi. Bellashuvda mehmonlarning qo‘li baland keldi. Muhammad Robiiyning 14-daqiqadagi goli «Al-Jazira»ni hisobda oldinga olib chiqdi. 36-daqiqada Ali Mabhut hisobni oshirdi. 60-daqiqada mehmonlar Abdulla Ramadonning chetlatilishidan keyin bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi, biroq maydon egalari bundan unumli foydalana olmadi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Mabhut hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Uchrashuvda o‘zbekistonlik yarim himoyachi to‘liq harakat qildi. Shu tariqa «Al-Jazira» ochkolarini 40 taga yetkazib olgan holda birinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Sharja» (37) esa ikkinchi o‘ringa tushdi.

Ushbu turning yana bir bahsida Jaloliddin Masharipov to‘p suradigan «Shabob al-Ahli» o‘z maydonida «Xor-Fakkan»ni qabul qildi. Bellashuvda mezbonlar 2:3 hisobida ortda qolayotgan vaqtda o‘zbekistonlik futbolchi 81-daqiqada maydonga tushdi va shu zahoti o‘z hisobiga golli uzatma yozdirib qo‘ydi. 89-daqiqada Eduardoning goliga ham Masharipov assistentlik qildi. Mazkur ikki gol dubayliklarga irodali g‘alabani taqdim etdi.

Mazkur g‘alabadan keyin «Shabob al-Ahli» ochkolarini 32 taga yetkazib, 5-o‘ringa ko‘tarildi.

Doston Hamdamov ijara asosida to‘p surayotgan «Hatta» esa o‘zbekistonlik futbolchining haqiqiy jamoasi «An-Nasr»ga qarshi bahs yuritdi. Unda dubayliklar so‘nggi daqiqalardagi gollar evaziga g‘alabani o‘ziniki qildi. Hamdamov o‘zaro kelishuvdagi shartga ko‘ra o‘z jamoasiga qarshi o‘yinda maydonga tushmadi.

BAA Pro-Ligasi, 18-tur bahsi
26 fevral, juma

«Sharja»—«Al-Jazira» 0:3
Gollar: 0:1 – 14 Muhammad Robiiy, 0:2 – 36 Ali Mabhut, 0:3 – 90+1  Ali Mabhut.

«Shabob al-Ahli»—«Xor-Fakkan» 4:3
Gollar: 0:1 – 20 Marzuq, 1:1 – 28 Juma, 1:2 – 30 Jabir, 2:2 – 46 Juma, 2:3 – 76 Paulinyo, 3:3 – 82 Al-G‘assoni, 4:3 – 89 Eduardo.

«An-Nasr» — «Hatta» 2:0
Gollar: 1:0 – 85 Jassim al-Balushi, 2:0 – 90+4 Rayan Mendes.

«Shabob al-Ahli»—«Xor-Fakkan» uchrashuvi videosharhini quyida tomosha qilishingiz mumkin.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:32, 27.02.2021.
O'qildi: 6945 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.