Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

A Seriya. Yevrokuboklar uchun kurashayotgan «Verona» «Keksa sinyora»ni «Skudetto» poygasidan chiqarib yubora oladimi?

A Seriya. Yevrokuboklar uchun kurashayotgan «Verona» «Keksa sinyora»ni «Skudetto» poygasidan chiqarib yubora oladimi?

Baho:
+ | -

Bugun Italiya A Seriyasi 24-tur uchrashuvlariga start berildi. Turni «Spesiya» hamda «Parma» jamoalari o‘rtasidagi bahs ochib bergan bo‘lsa (2:2), bugun tunda yana bir ajoyib bahs bizni kutib turibdi.

Mamlakatning amaldagi chempioni ishtirokidagi o‘yin bizningcha ham hech kimni befarq qoldirmasa kerak. «Keksa sinyora» bu safar 24-turni mehmonda «Verona» maydonida o‘tkazadi. Bir qarashda ushbu uchrashuv nom jihatidan ko‘pchilikni o‘ziga jalb etolmasligi bor gap. Jamoalarning o‘zaro prinsipiallik jihatidan ham yo‘llari kesishmagan. Biroq yaqinlashayotgan o‘yin har ikki klubning ham turnirdagi taqdirini ko‘p jihatdan hal qilib qo‘yishi mumkin. Zero, ular o‘z yo‘llarida bir tekisda davom etishlari uchun ham ushbu uchrashuvdagi g‘alabani konkretlashtirib olishlari talab etiladi. Quyida bu qarama-qarshilik to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

«Yuventus»

Turinliklar uchun ushbu mavsum o‘zlari kutganidek, bir tekisda o‘tmayapti. Aslida klubning ayni paytdagi holatiga o‘tgan yilgi Sarrining qo‘yib ketgan «imzosi» ham qaysidir ma’noda ta’sir o‘tkazmoqda. Uning o‘rniga olib kelingan Pirlo garchi birinchi mavsumi deya «oqlanayotgan» bo‘lsada tarixiy klubga xos natijalarni qayd eta olmayapti. Jamoa muxlislari mamlakat kubogidagi «Inter» chiqarib yuborilgan bahsdan beri tayinli yirikroq natijaga guvoh bo‘lishmadi.

O‘tgan turda autsayder «Krotone» taslim etilmasidan avvalroq «Yuventus» «Napoli» hamda «Portu»ga qarshi o‘yinlardan ayanchli mag‘lubiyatlarni qabul qilib oldi. «Krotone» ustidan qozonilgan g‘alaba esa jamoani chempionlik uchun kurashga yana qaytardi. Hozirda ularni eng yaqin ta’qibchisi «Milan» bilan o‘rtadagi farqi bitta zaxira o‘yini hisobga olinganda 4 ochkoni tashkil etmoqda. Qayd etilishi kutilayotgan g‘alaba «Yuventus»ni «Milan»ga ancha yaqinlashtirib olishi bilan birga «rossonerilar»ga ushbu turda anchayin bosim yuklashi turgan gap. Zero, «qizil-qoralar» ertaga Rimda «Roma» mehmoni bo‘lishadi.

Bu g‘alaba «Yuventus»ga shu tomonlama kerakki, endi 4-o‘rindagi «bo‘rilar» ham kichik ehtimol bilan turinliklarga yaqinlashib olish imkoniyatiga ega. Demak, «six ham, kabob ham kuymaydigan» variantni tanlashlari uchun birinchi navbatda ularning o‘zlari g‘alaba qozonishlariga to‘g‘ri keladi. Bugungi bahsda «Yuventus»ga Krishtianuning katta yordami tegishi kutilmoqda. Portugaliyalik futbolchi o‘zi maydonga tushgan 19 o‘yinda 18 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol etgan va ayni dam A Seriya to‘purarlari ro‘yxatini boshqarib turibdi. Yana bir qiziq fakt - u maydonga tushgan uchrashuvlarda «zebralar» biror marta ham mag‘lubiyatga uchrashmagan ekan. Demak Ronaldu bugun ham ushbu seriyasini davom ettirishga urinib ko‘radi.

«Verona»ga qarshi bahs uchun Pirlo tanlaydigan taktik sxema barchaga qiziq bo‘lsa kerak. Uchrashuvni sariq kartochkalari ko‘payib ketgani bois Danilo o‘tkazib yuboradi. Uning o‘rnini katta ehtimol o‘ng qanotda Radu Dregushin egallashi kutilyapti. U himoyada De Ligt, Demiral hamda Aleks Sandrolarga yordam berishi mumkin. Shuningdek, Pirloda markazni doimgidek Remzi, Bentankur, Kyeza hamda Makkenini bilan to‘ldirish varianti ham yo‘q emas. Hujumda esa Kulusevski Ronalduga partnyor sifatida maydonga chiqadi. Ushbu 4-4-2 sxemasi Andreaga ichki chempionat davomida ancha qulay va optimal tarkib sifatida qayd etilmoqda.

«Verona»

«Verona» so‘nggi uchrashuvlarda o‘ziga o‘xshamayapti. Jamoa oxirgi 4 o‘yinda atigi bir marta g‘alaba qozonishga erishgan xolos. Buning ustiga o‘tgan turda qayd etilgan kutilmagan durang muxlislarning keskin g‘azabiga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik Ilich hamda Faraonilarning gollari jamoaga g‘alabani naqda qildi degan xayolga borayotgan edi, biroq Eldor hamda Badeldan o‘tkazib yuborilgan qaqshatqich zarbalar yakunda «Jenoa»ning «sariq-ko‘klar»dan «og‘zidagi oshi»ni olib qo‘yishiga sabab bo‘ldi.

Hozirda klub A Ceriya turnir jadvalida 34 ochko bilan 9-o‘rinni band etgan. Eng yaqin ta’qibchi «Sassuolo» bilan o‘rtadagi farq bir ochkoni tashkil etmoqda. Italiyada qaysidir jihatlardan kuchli-7 lik shakllanib bo‘lganini hisobga olsak jamoaning yevrokubiklarga kirib olishi biroz mushkuldek tuyuladi. 

Ammo, bugun qozonilajak g‘alaba «sariq-ko‘klar»ni «Napoli»ga ancha yaqinlashtirib olishi mumkin. Bu esa jamoani Yevropa ligasiga yo‘llanma beruvchi o‘rinlar uchun kurashishga bo‘lgan umidini yana bir marta uyg‘otadi. Amaldagi chempiondan ochko tortib olish «Verona»ga o‘zini kutib turgan og‘ir taqvim oldidan anchayin kuch berishi turgan gap. Shuningdek, bir faktni unutmaslik kerak, «Verona» o‘z uy o‘yinlarining so‘nggi 3 tasini faqat g‘alaba bilan yakunlamoqda. Bu faktor ham mezbonlar uchun bahaybat raqib oldidan kattagina ishonch taqdim etishi tayin.

Yo‘qotishlar

«Yuventus»: Kyellini, Bonuchchi, Kuadrado, Danilo.

Taxminiy tarkib:

Shensniy; Demiral, Dregushin, De Ligt, Sandro; Kyeza, Bentankur, Rabyo, Makkenni; Kulusevski, Ronaldo

«Verona»

Taxminiy tarkib:

Silvestri; Magnani, Gunter, Dimarko; Faraoni, Tamez, Ilich, Lazovich; Barak, Zaccagni; Lasagna

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:34, 27.02.2021.
O'qildi: 2676 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.