Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

«Milan» safarda «Roma»dan ustun kelib, peshqadam «Inter»ni ta’qib etishda davom etdi

«Milan» safarda «Roma»dan ustun kelib, peshqadam «Inter»ni ta’qib etishda davom etdi

Baho:
+ | -

Italiya A Seriyasining 24 turi doirasida «Roma» Rimda «Milan» bilan to‘qnash keldi. «Olimpiko» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlar mehmonlarga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Dastlabki daqiqalarda maydon egalari keskinlik yuzaga keltirgan holda, raqib jarima maydonchasi ichida xavfli vaziyatlar yuzaga keltirishdi, biroq ulardan foydalanishda ancha oqsashdi.

Taym so‘nggiga kelib, milanliklarning kam sonli hujumlaridan biri rimliklar darvozasiga belgilangan penaltiga yetib bordi va undan Kessye bexato foydalandi. Ikkinchi bo‘lim boshlarida mezbonlar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Lekin, oradan bir necha daqiqa o‘tgach milanliklar yana raqib darvozasini ishg‘ol etib, o‘yinning qolgan qismida ustunlikni o‘z tomoniga og‘dirgan holda, uchrashuvni g‘alaba bilan yakunlashdi.

Ushbu natijadan so‘ng, «Milan» hisobidagi 52 ochko bilan, birinchi o‘rindagi «Inter»ni ta’qib etishda davom etdi. 44 ochko to‘plagan «Roma» esa beshinchi pog‘onda bormoqda.

"Roma" – "Milan" 1:2 (0:1, 1:1)
«Stadio Olimpiko»

Gollar: 0:1 – 43, penalti Kessie, 1:1 – 50 Veretu, 1:2 – 58 Rebich.

"Roma" – Lopes, Karsdorp, Fasio (Bruno Peres, 62), Manchini, Spinassola, Veretu (Diavara, 79), Kristante, Mxitaryan, Vilyar (El-SHaaravi, 70), Pellegrini, Mayoral (Pedro, 79).

"Milan" – Donnarumma, Kyer, Teo, Tomori, Kalabriya, Tonali (Meyte, 83), Salemakers (Kastilyexo, 83), Chalxanoglu (Braim Dias, 46), Kessie, Rebich (Krunich, 67), Ibragimovich (Rafael Leau, 56).

Ogohlantirishlar:
Fasio (41), Salemakers (46), Mxitaryan (80), Kalabriya (85), Pellegrini (89), Kastilyexo (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 03:11, 01.03.2021.
O'qildi: 2652 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик