Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

«Bunyodkor» stadionida VAR tizimiga sharoit yaratildi

«Bunyodkor» stadionida VAR tizimiga sharoit yaratildi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va O‘zbekiston professional futbol ligasi hamkorligida 2021 yilgi futbol mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish hamda barcha uchrashuvning shaffofligini ta’minlash maqsadida Superliganing bu yilgi mavsumidan e’tiboran har turda kamida ikkita o‘yinda VAR (video assistant referee) tizimi ishlaydi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi klublarga rasmiy xat bilan murojaat qilib, jamoa o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadionni VAR tizimi uchun texnik tomondan tayyorlash vazifasini belgilab bergan edi. Unga ko‘ra, «Bunyodkor» stadionida bir qator texnik ishlar amalga oshirildi va o‘yingohimizda VAR tizimi ishlashi uchun barcha sharoitlar yaratildi. Quyida bajarilgan vazifalarni suratlarda, izohlari bilan ko‘rishingiz mumkin. 

1. VAR avtomobili KTS (ko‘chma televizion stansiya) yonida turishi uchun alohida joy.

2. VAR avtomobiliga ulanish uchun alohida LAN kabel orqali (minimum 10 m/bit tezlikda) tashqi internet.

3. VAR avtomobiliga alohida (KTS ga muqobil, ya’ni ta’siri bo‘lmagan holda) doimiy elektr manbai bilan quvvatlanishi uchun 3 kvt. quvvatni ko‘tara oluvchi ikkitadan avtomat va yevro standartdagi rozetka.

4. Maydonda hakam vaziyatni ko‘rishiga o‘rnatiladigan ekran uchun (on field review) alohida joy va muqobil elektr manbai.

5. VAR avtomobili turgan joydan maydonda hakam vaziyatni ko‘rishi va o‘rnatiladigan ekran uchun (on field review ) doimiy turuvchi koaksial kabel.

6. O‘yindan tashqari holatni qayd etuvchi kameralar hududning har biriga ikkitalik doimiy elektr manbalari.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 14:40, 01.03.2021.
O'qildi: 2776 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик