Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

"Real Mfdrid" va "Real Sosyedad" muros yo‘lini tanlashdi

"Real Mfdrid" va "Real Sosyedad" muros yo‘lini tanlashdi

Baho:
+ | -1

Ispaniya La Ligasi 25 - turining so‘ngi uchrashuvi bo‘lgan «Real Madrid» hamda «Real Sosedad» yakunladi. Ushbu bahsda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi. Biroz ehtiyotkorlik bilan boshlangan mazkur uchrashuvning birinchi taymi teng kurashlar ostida kechdi va hech qaysi jamoaga hisobni ochish nasib etmadi. Ammo ikkinchi taymning boshlarida ozroq jonlanib qolgan san-sebastiyanliklar 55 - daqiqaga kelib hisobni ochishdi. Nacho Monrealning yuqoridan uzatib bergan to‘pini, Portu boshi bilan darvozaning uzoq burchagiga joylab qo‘ydi. Bu vaziyatda Kurtua hech qanday reaksiya ko‘rsata olmadi. Ushbu goldan so‘ng Zidan tarkibda bir qancha o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Xususan, Ugo Duro, Vinisius va Rodrigoning maydonga tushishi, bu holat Madrid jamoasining mag‘lubiyatga rozi emasligini ko‘rsatardi. Shundan so‘ng ketma-ket hujumlar uyushtirgan maydon egalari maqsadiga erisholmadi. Yaratilgan vaziyatlarning barchasi ko‘kka sovirila boshladi. Faqatgina, 89 - daqiqaga kelib, Valverde va Vaskes rivojlantirgan hujumni Vinisius Junior gol bilan yakunlashga erishdi. Chap qanot bo‘ylab uyushtirilgan hujumda, Lukas Vaskes to‘pni biroz havolatib «Real Sosyedad» jarima maydonchasiga uzatib berdi va braziliyalik hujumchi uni gol bilan yakunladi. yakuniy hisob 1:1. Ushbu bahsdan keyin madridliklar "Barselona" bilan bir xil 53 ochko to‘pladi va turnir jadvalida 3 - o‘ringa tushib ketdi. Chunki kataloniyaliklar to‘plar nisbati bo‘yicha yaxshiroq natija qayd etishgan edi. 

«Real Madrid» - «Real Sosedad» 1:1

"Alfredo di Stefano" stadioni

Gollar: Vinisius (89), Portu (55)

Kiritildi: 03:12, 02.03.2021.
O'qildi: 4153 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.