Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Xosep Gvardiola Yevropa va Angliyaning eng kuchli klublari nomini aytdi

Xosep Gvardiola Yevropa va Angliyaning eng kuchli klublari nomini aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining ketma-ket 20 ta o‘yindan buyon g‘alaba qozonib kelayotgani haqida fikr yuritdi.

"Biz qo‘lga kiritgan natijalarimizdan qoniqyapmiz, buni inkor etib bo‘lmaydi. Agar buni avval hech kim uddalay olmagan bo‘lsa, demak, bu qiyin vazifa.

Biroq oxir-oqibat sovrinni boshing uzra ko‘tarish yoki ko‘tarmaslik masalasi muhim bo‘lib qoladi. Shunday ekan biz xotirjam o‘tirib, hammasi yaxshi ekani haqida gapira olmaymiz. Oldinda kam bo‘lmagan ishlar turibdi va yana-da yaxshiroq natija ko‘rsata olishimizga ishonaman.

Yevropaning eng yaxshi jamoasi — «Bavariya». U yutib olishi mumkin bo‘lgan barcha sovringa ega chiqdi. Angliyada esa «Liverpul» chempion hisoblanadi, shu sabab hozirda eng yaxshi jamoa aynan u.

Agar tojni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsang, g‘alaba qozonishinga to‘g‘ri keladi. Fevral yoki mart oyida hech kim chempion bo‘lmaydi. Hali 36 ochkolik yo‘l turibdi, bir hafta ichida ko‘p ochko yo‘qotish mumkin. Raqiblar kuchli", — dedi Xosep Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, «shaharliklar» barcha musobaqalar doirasida ketma-ket 20 ta o‘yindan g‘alabali seriya qayd etmoqda. Bu Angliya klublari orasida rekord hisoblanadi, Yevropa top-5 ligalarida esa eng yaxshi uchinchi natija.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:33, 02.03.2021.
O'qildi: 3162 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик