Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Shomurodov maydonga tushgan o‘yinda, "Jenoa" durang qayd etdi

Shomurodov maydonga tushgan o‘yinda, "Jenoa" durang qayd etdi

Baho:
+ | -

Italiya A seriyasining 25 - turi doirasida «Jenoa» va «Sampdoriya» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv boshidan biroz yopiqroq o‘yinlar namoyish etgan, har ikki jamoa kamdan-kam holda hujumga o‘tishdi. Qarama-qarshilikning birinchi taymi biroz zerikarli tarzda kechdi deyish mumkin. Hisob ham shunga yarasha 0:0. Ikkinchi taymni biroz hujumkor tarzda boshlagan maydon egalari, hisobni ochishga erishishdi. Strotmanning ajoyib uzatmasini, Zappakosta gol bilan yakunladi. Bu vaziyatda mehmonlar himoyasi juda bo‘sh harakat qilishdi. Ushbu goldan so‘ng, «Sampdoriya» jamoasi ham faollashib qolishdi va ketma-ket hujumlar uyushtirishdi. Bu hujumlar 77 - daqiqaga kelib o‘z samarasini berdi. Qanotdan uzatib berilgan to‘pni, Tonelli darvozaning uzoq burchagiga joylab qo‘ydi. Qolgan vaqtlarda darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi. Mazkur hisob uchrashuv oxirigacha saqlanib qoldi. Uchrashuvni vatandoshimiz Eldor Shomurodov dastlabki daqiqalardan boshladi va 82 -daqiqada o‘z o‘rnini Marko Pyasaga bo‘shatib berdi. Turnir jadvalida «Jenoa» 27 ochko bilan 13 - o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Sampdoriya» 31 ochko bilan 10-pog‘onadan joy oldi.

«Jenoa» - «Sampdoriya» 1-1

Gollar: Zappakosta (52), Tonelli (77)

Kiritildi: 02:51, 04.03.2021.
O'qildi: 7161 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик