Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

"Milan" o‘z uyida ochko yo‘qotdi

"Milan" o‘z uyida ochko yo‘qotdi

Baho:
+ | -

Italiya A seriyasining 25 - turi doirasida «Milan» o‘z maydonida  «Udinezi» jamoasini qabul qildi. 
Uchrashuvning birinchi taymining o‘zida raqibidan katta ustunlik evaziga to‘pni nazorat qilgan Pyoli shogirdlari, bir nechta vaziyatlarni yaratishdi, ammo «Udineze» darvozaboni Mussoning ishonchli harakatlari, jamoasini goldan saqlab qoldi. Ikkinchi taymni ham milanliklar xuddi shu ruhda davom ettirishdi. Ammo gol urish mehmonlarga nasib etdi. 68 - daqiqaga kelib, «Udineze» a’zosi Rodrigo Bekao uchrashuvdagi hisobni ochishga erishdi. De Paul burchakdan oshirib bergan to‘pni, Bekao darvozaning markaziga joylab qo‘ydi. Bu vaziyatda Donnarumma hech narsa qila olmadi. Goldan so‘ng, maydondagi tashabbus to‘lig‘icha mezbonlar tomonga o‘tib ketdi. Ketma-ket hujumlar uyushtirishdi, lekin barchasi besamar yakunlandi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarning oxirida, «Udineze» jamoasi a’zosi o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi. Bu vaziyatni yaqindan kuzatib turgan uchrashuv hakami penalti belgilashga majbur bo‘ldi. Jarima to‘pi qarshisiga Frank Kessi yaqinlashdi va penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

«Milan» - «Udineze» 1:1

Gollar: Kessi (90 +7) , Bekao (68)

Kiritildi: 03:14, 04.03.2021.
O'qildi: 2255 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.