«Yuventus» sobiq murabbiyi Massimiliano Allegrining agenti Jovani Brankini mijozining vaziyati haqida fikr bildirdi.
«Massimiliano juda ko‘p takliflarga rad javobini berdi. U hozir dam olmoqchi. Shundan so‘ng ishga jiddiy kirishishi mumkin. Allegri o‘zini ishontiradigan loyihani kutmoqda. Biroq u hali mavjud emas. U murabbiylikni sog‘ingan», - deydi Brankini.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq italiyalik mutaxassisning «Marsel»da ishlash xohishi borligi haqida xabar bergan edik.