Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Namangan viloyati hokimi: «Navbahor» chempionlikni qo‘lga kiritish vaqti keldi»

Namangan viloyati hokimi: «Navbahor» chempionlikni qo‘lga kiritish vaqti keldi»

Baho:
+ | -

“Navbahor” jamoasining taqdimot marosimi o‘tkazildi. Tadbirni “Uzreport” telekanalida faoliyat yurituvchi Dilshod G‘iyosov va Gulzoda Isroilova olib borishdi.              

Tantanali taqdimot marosimini Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzaqov ochib berdi. Viloyat rahbari jumladan, shunday dedi:

- “Navbahor” yangi mavsumga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rib, jamoa 2021 yil mavsumiga Turkiyada ham o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bordi. Shuningdek, “Navbahor”ga bir qator yangi futbolchilar jalb etilib, jamoa tarkibi kuchaytirildi.   

Bo‘lajak mavsum arafasida jamoaga yangi, zamonaviy, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan avtobus xarid qilindi.

Bundan tashqari, Navbahor” strukturasida ham bu yildan o‘zgarish yuz berib,  bungacha klub vise-prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan Otabek Arifovich Samatov klub prezidenti etib tayinlandi. Boisi, Otabek Samatov futbolni juda yaxshi tushunadi.

Yangi mavsumda jamoaning shiori – “Navbahor” – chempion” bo‘ladi. Endi chempionlikni qo‘lga kiritish navbati yetib keldi", - dedi Shavkat Abdurazzoqov.    

Jamoa yangi mavsumda Germaniyaning dunyoga mashhur JAKO firmasi brendi ostidagi oq, qizil va moviy rangli liboslarda maydonga tushadi. Buning o‘ziga xos ramziy ma’nosi bor: oq - bu oq yo‘l, qizil rang bizning vujudimizda oqib turgan qon hamda uning yorqinligi, sizu bizga kuch bag‘ishlovchi jo‘shqinlikdir. Moviy rang esa osmonimizning musaffoligi ramzini bildiradi.

Shundan so‘ng, 2021 yilgi mavsumda “Navbahor” sharafini himoya qiladigan futbolchilarga o‘z raqamlari yozilgan o‘yin formalari topshirildi. Futbolchilarning ism-shariflarini taniqli sport jurnalisti va sharhlovchisi Mirzahakim To‘xtamirzayev o‘qib, eshittirdi.

Formalarni Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzaqov, Namangan shahar hokimi G‘ofurjon Orifjanovich Jamalov hamda “Navbahor” klubi prezidenti Otabek Arifovich  Samatov topshirishdi.

Ta’kidlash joizki, mazkur marosimda biroz betobligi bois, jamoamizning tajribali yarim himoyachisi Islombek Isoqjonov ishtirok etolmadi. Isoqjonov jamoamiz bilan yangi shartnoma imzolagan hamda bo‘lajak mavsumda “lochinlar” sharafini himoya qiladi.   

 Shundan so‘ng, “Navbahor” bosh murabbiyi No‘’mon Hasanov, jamoa sardori Azimjon Ahmedov so‘zga chiqib, yaratilgan barcha  shart-sharoitlar uchun Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov hamda klub rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, 2021 yilgi mavsumda “Navbahor” yuqori o‘rinlar uchun kurash olib borishini ta’kidlashdi.  

“Navbahor” PFK muxlislar yetakchisi Muzaffar Gaffarov ham so‘zga chiqib, yangi mavsumda muxlislar jamoamizni munosib tarzda qo‘llab-quvvatlashlari, “Navbahor”ga omad yor bo‘lishini tiladi.

Shundan so‘ng, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Komilov o‘zining dilxush taronasini yig‘ilganlarga taqdim etdi. Taniqli qiziqchi  Iskandar Hamroqulov esa o‘zining ichakuzdi hangomalari bilan barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi.

“Navbahor”ning eng yaxshi fan-klubi yetakchilari va a’zolari, faxriy hamda ashaddiy muxlislariga klub rahbariyatining faxriy yorliqlarini Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov topshirdi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 07:45, 05.03.2021.
O'qildi: 3418 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик